Poroshenko va Zelenskiyning prezidentlik debatlariga xorijliklar chipta sotib olmoqchi

“Olimpiya” milliy sport kompleksi rahbariyati xorijliklarning prezidentlikka nomzodlar — Pyotr Poroshenko va Vladimir Zelenskiyning bahslari uchun bilet sotib olish istagi borligini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Foto: “Vesti-ua.net”“Olimpiya” MSK bosh direktori o‘rinbosari Viktor Anisimovning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy elektron pochtasiga bu haqda ko‘plab murojaatlar kelmoqda.“Ukraina oddiy fuqarolaridan tortib, davlat arboblarigacha, hamma debatga qatnashishni istaydi va joylarni band qilishmi so‘rashmoqda”, — deydi Anisimov.Shuningdek, Angliya va Germaniya aholisidan ham chipta sotib olish haqida talablar tushdi.Shu bilan birga, u bahs-munozaralar kuni hali aniq emasligini ta’kidladi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0