Ozbekistondagi oilaviy mehmon uylari joriy yilda qariyb 3 ming nafar xorijiy sayyohni qabul qildi

Vazirlar Mahkamasining Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish togrisidagiqaroriqabul qilingandan song Ozbekistonda ilk oilaviy mehmon uylari oz faoliyatini boshladi, deb xabar bermoqda Spot. Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi matbuot xizmati2018-yilning 25-sentabriga qadar, respublikada 23 taoilaviy mehmon uyi royxatga olindi. Mazkur oilaviy mehmon uylari asosan Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro vaXorazm viloyatlaridaochilgan. Oktabr oyida Toshkentdagi birinchi mehmon uyi ozfaoliyatini boshlagan.Endilikda Turizmni rivojlantirish davlat qomitasitomonidanjoriy yilning birinchichoragi davomida Oilaviy mehmon uylari yagona reyestriga 71 ta oilaviy mehmon uylari kiritilib, umumiy hisobda oilaviy mehmon uylari soni 179 taga yetdi, ulardagi joylar soni 1 589 tani tashkil etadi.Oilaviy mehmon uylari soni hududlar kesimida olinganda Samarqand viloyatida 34 ta, Qashqadaryo viloyatida 24 ta, Toshkent viloyatida 22 ta, Surxondaryo viloyatida 20 ta, Buxoro viloyatida 19 ta, Toshkent shahrida 18 ta, Xorazm viloyatida 13 ta, Jizzax viloyatida 10 ta, Navoiy viloyatida 7 ta, Qoraqalpogiston Respublikasida 6 ta, Fargona viloyatida 3 ta, Andijon viloyatida 2 ta, Sirdaryo viloyatida 1 tani tashkil etmoqda.Birinchi chorak yakunlariga kora, oilaviy mehmon uylari oziga 1966 nafar mahalliy va2882 nafar xorijiy, umumiy hisobda 4848 nafar sayyohni qabul qilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0