Toshkent shahar hokimligi poytaxtda sifatsiz uy qurayotgan tadbirkorni sudga berdi

Turli ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida tomonidan Muhammadbobur Xojayev tomonidan Mirzo Ulugbek tumani hududida qurilayotgan turar-joy binosi shahar hokimi Jahongir Ortiqxojayev nazoratida buzib tashlangani haqida xabarlar chop etilgan edi. Bugun, 5-aprel kuni Toshkent shahar hokimligida ushbu masala yuzasidan matbuot anjumani bolib otdi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar berdi. Foto: Gazeta.uzMatbuot anjumanida Muhammadbobur Xojayev tomonidan qurilgan uylarni sotib olgan fuqarolar, keng jamoatchilik vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdi.Tadbirkorning davolari nechogli haqqoniy ekani va u tomonidan qurilgan uylarning holati qanday ekanligini xolis organish uchun Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xodimlarini ham bu ishga jalb etdi. Ular Muhammadbobur Xojayev tomonidan qurib, foydalanishga topshirilgan kop qavatli turar joylarda bolib, u yerda istiqomat qilayotgan aholi bilan suhbatlashdi.Uylarda yongin xavfsizligi meyorlariga umuman rioya etilmagan, yomgir suvi ketadigan arig-u quduqlar ham yoq. Uylarda devorning orniga gipsokartondan foydalanilgan. Uylar poydevorsiz qad rostlagani uchun xonadon polidan otlar osib chiqqan.Toshkent shahar hokimligi vakillarining malum qilishicha, hozirda ushbu uylarni qurayotgan shaxslar ustidan sud jarayoni bolib otmoqda. Ularga qarshi davo arizasi hokimiyat tomonidan 2018-yilning noyabr oyida berilgan.Talabga javob bermaydigan uyda yashayotgan fuqarolar esa sifatli uylarga kochiriladi. Hozirda hokimiyat tomonidan hududda kop qavatli turar joy qurish uchun investor izlanmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0