Toshkent shahar hokimligi Ozbekiston hukumati va Prezident huzuridagi vakildan kuchliroqmi?

Toshkent shahar hokimligi tomonidan Respublika tadbirkorlikni qollab-quvvatlash markazi MChJga yer uchastkasi ajratish boyicha huquq va qonuniy manfaatlar qopol ravishda buzilmoqda. Bu muammo yuzasidan ushbu markaz direktori A.Boqijonov OzAda chiqish qilgan. Foto: OzAVazirlar Mahkamasi komissiyasining 2018-yil 22-iyundagi 01-05/121-1-sonli bayoniga asosan mazkur tadbirkorlik subyektiga yer uchastkasini joylashuvi kelishilgan bolib, Toshkent shahar hokimligiga yer uchastkasini ajratish boyicha topshirik berilgan hamda bayonni ijrosini nazorat qilish qurilish vaziri A.Toxtayev zimmasiga yuklatilgan.Biroq, barcha tegishli xulosa va kelishuvlar olinganidan song ham ushbu masala Vazirlar Mahkamasining bayonida korsatilgan topshiriqni buzgan holda Toshkent shahar hokimligi tomonidan suniy ravishda paysalga solinmoqda.Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari davlat va xojalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar hujjat yuborgan kundan boshlab 10 kalendar kun davomida ijro etilishi lozimligi belgilangan.Respublika tadbirkorlikni qollab-quvvatlash markazi MChJ bir necha yillardan buyon yer uchastkasini ajratilishi boyicha hujjatlarni tayyorlash va tasdiqlatish jarayonini boshdan otkazib kelmoqda. Buning natijasida esa tadbirkorlik subyekti ortiqcha byurokratik tosiqlar, vaqt yoqotish, manaviy va moddiy zararlarga duch keldi.Mazkur masala boyicha Prezidentning tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakili tomonidan Toshkent shahar hokimligiga 2018-yilning 23 noyabrida 01-03-862/2-sonli davlat organi yoki boshqa tashkilot yoxud mansabdor shaxs tomonidan ishni yakuniga yetkazish togrisida xulosa yuborilgan.Shunga qaramasdan, Toshkent shahar hokimligi tomonidan mazkur xulosada korsatib otilgan ayrim tadbirkorlik subyektlarining masalasi subyektiv tanlov asnosida ijobiy hal etildi.Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, Prezidentning qonunga muvofiq vakolatlarga ega vakili shahar hokimligi oldida kuchsizlik qildi.Xususan, mazkur masalaning korib chiqilishi poytaxt hokimligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni buzgan holda suniy ravishda chozilmoqda. Bu esa oz navbatida tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ikkiyuzlama standartlarining qollanilishidan dalolat beradi.Bugungi kunda yer uchastkasini ajratish boyicha hujjatlarning Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar hokimligiga bir necha bor kiritilishi, barcha hududiy davlat organlari va tashkilotlarning yer uchastkasini ajratish boyicha olingan ijobiy xulosalariga qaramayga, bu masala etiborsiz qolmoqda.Savol tugiladi: Toshkent shahar hokimligi Ozbekiston hukumati va Prezident huzuridagi vakildan kuchliroqmi? Yoqsa, nega masul idoralarning korsatmalari shuncha vaqtdan beri bajarilmay kelinmoqda?

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0