Jizzaxda xotinini rashk qilgan erkak qotillikka qo‘l urdi

2019-yil 4-aprel soat 13.30 larda Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, “Eski Toshkentlik” mahallasida yashovchi T.M. fuqaro Sh.A.ni qasddan o‘ldirish maqsadida uning Jizzax shahrida joylashgan ish joyiga boradi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi. Foto: DelfiTurmush o‘rtog‘ini Sh.A.dan rashk qilib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng bo‘yin va ko‘krak sohasiga urib, voqea joyidan yashiringan.Sh.A. olgan tan jarohatlari oqibatida kasalxonada vafot etgan.Shu kunning o‘zida Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan T.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida T.M. ushlangan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0