Moynoqda yangi qurilish obyektlari foydalanishga topshirilmoqda

Hukumatning maxsus qaroriga kora 20192021-yillarda Moynoqni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida bir trillion 485 milliard 176 million som sarflanishi belgilangan, deb yozadi OzA. Foto: OzATuman markazida joriy yilning uchinchi choragida rekonstruksiya qilinishi va qurilishi belgilangan Aral stadioni, 240 orinli madaniyat markazi hamda 2 000 orinli amfiteatr muddatidan avval foydalanishga topshirildi. Shuningdek, tuman markazida zamonaviy sport zali va yopiq suv havzasining qurilishlari ham yakunlanmoqda, deydi Moynoq tumani hokimi S.Daniyarov. Foto: OzA Foto: OzAMoynoq tumanida metan gaz qoyish shoxobchasi yoq edi. Navroz bayrami arafasida ilk bor Moynaq metan MCHJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz qoyish shoxobchasi ish boshladi. Shuningdek, Moynaq temir beton onimleri MCHJ tomonidan beton mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi ham ishga tushirildi. Foto: OzAAyni paytda Moynoq tumanida kop kvartirali uylar qurilishi ham shiddat bilan davom etmoqda.Bundan tashqari, Orolning qurigan tubida tort oy ichida 1 million 100 ming gektar yer maydoni ekishga tayyorlandi va 487 ming gektar yerga saksovul ekilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0