Ozbekiston bezgakdan holi davlat sifatida tan olindi

Jahon sogliqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Ozbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens Sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovchi sertifikatni taqdim etdi. Bu haqda Daryoga Sogliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Sogliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiTadbir davomida Lian Kuppens Ozbekiston songgi yillarda hududni bezgakdan holi qilish borasida katta qadam tashlaganini qayd etib, buni ulkan va tarixiy yutuq sifatida etirof etgan.Eslatib otamiz, Jahon sogliqni saqlash tashkiloti 2017-yilda Ozbekistonda qizamiq va qizilcha kasalligi eliminatsiya qilinganini xalqaro miqyosda etirof etgan bolsa, endilikda esa yurtimizni bezgakning mahalliy qayd etilishidan holi hudud sifatida tan oldi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0