Mourinyo Italiyaga qaytishi mumkin

Manchester Yunayted sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo yozda Italiya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda Sky Sports Italia xabar berdi.Portugaliyalik mutaxassis Milanning Inter klubi yoki Roma bilan shartnoma imzolamoqchi.Rimliklar Mourinyo bilan muzokaralarning dastlabki bosqichida, malum qilinishicha, klub u bilan telefon orqali muloqot qilgan.Boshqa malumotlarga kora esa, Mourinyo Milanning Inter klubi taklifini ham korib chiqmoqda.U hatto klubdagi maoshi kamroq (8 million yevro) bolishiga rozilik bergan. Uning nomzodini neradzurrilar vitse-prezidenti Xavyer Zanetti qollab-quvvatlamoqda.Ammo Inter bosh direktori Beppe Marotta Chelsi hamda Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte tayinlanishini xohlamoqda.Malumot uchun, Joze Mourinyo 2008/10-yillarda Interni boshqargan edi.Eslatib otamiz, avvalroq 56 yoshli portugaliyalik Lion yoki Monakoda ishlashi haqida xabarlar tarqalgandi.Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0