A Seriyada 87 yil ichida qayd etilmagan natija roy berdi

4-aprel, payshanba kuni futbol boyicha Italiya chempionatining 30-turida Atalanta Bolonyani 4:1 hisobida maglub etdi. Foto: ESPNUchrashuvning 3 va 5-daqiqalarida jamoa yarim himoyachisi Yosip Ilichich dublga erishgan bolsa, oradan 4 daqiqa otib himoyachi Hans Hatebur hisobni yiriklashtirdi. 15-daqiqada esajamoa topurari Duvan Sapata ham oz nomiga bitta gol yozdirib qoydi (4:1).Optaning xabar berishicha, Atalanta 1932-yilning mart oyidan buyon uchrashuvning ilk 15 daqiqasida 4 ta gol urgan ilk jamoa boldi. Oshanda Yuventus Romani yirik hisobda taslim qilgandi (7:1).Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0