Janubiy Koreyada yirik yongin sababli favqulodda holat joriy etildi

5-aprel kuni Janubiy Koreya hukumati mamlakat shimoli-sharqiy qirgogida joylashgan beshta shahar va tumanda yuz bergan yongin sababli mamlakatda favqulodda holat joriy qilingani haqida elon qilgan, deya xabar beradi Vesti.ru. Foto: Vesti.ruIchki ishlar va xavfsizlik vazirligi vakilining qayd etishicha, hukumat zarar miqdori organilgandan song, olovdan zararlangan hududlarni maxsus ofat hududlari deb belgilash yoki belgilamaslik togrisida qaror qabul qiladi.Dastlabki malumotlarga kora, yongin Koson shahrida (Kanvondo provinsiyasi, Seuldan taxminan 160 kilometr uzoqlikda) yolning yon tomonida boshlangan. Kuchli shamol tufayli yongin juda tez Kannin, Sokcho va Tonxe qoshni tumanlariga tarqalgan.Yongin bilan kurashish uchun butun mamlakat boylab 870 dan ortiq yongin va 13 mingga yaqin qutqaruv xizmati xodimlari yuborilgan. Qutqaruvchilar payshanba oqshomidan boshlab evakuatsiya qilish va yonginni ushlab qolish uchun harakat qilmoqda.Yongin oqibatida bir kishi halok bolgan, kamida 11 kishi tan jarohati olgan. Yaradorlarning soni ortishi kutilmoqda. 4000 mahalliy aholi evakuatsiya qilingan. Yongin 385 gektar ormon, Kannin, Koson va Sokchoda 300 ta uy va binolarni yoq qilgan.Avtomobil va temir yollari tosilgan, 52 ta maktab, shuningdek, boshqa ijtimoiy obyektlar yopilgan.Mutaxassislarning fikricha, kuchli shamol tufayli qurbonlar soni va zarar miqdori kun davomida ortib boradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0