Senegallik festival ishtirokchisining telefoni Termiz aeroportida yo‘qolib qoldi. Telefon topib berildi (foto)

Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida 5—10-aprel kunlari Xalqaro baxshichilik festivali bo‘lib o‘tadi. Festivalda ishtirok etish uchun chet ellardan kelgan ishtirokchilar 4-aprel kuni Termiz xalqaro aeroprtida Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov boshchiligida kutib olindi. Foto: “Daryo”Jurnalist Feruz Muhammadning ma’lumotiga qaraganda, senegallik ishtirokchi Mao Otoek telefonini Termiz aeroportida yo‘qotib qo‘ygani uchun Surxondaryo viloyati, IIB transport va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi, patrul post xizmatining katta inspektori, leytenant Do‘stqobilov Jasur hamda patrul post xizmati bo‘linma komandiri Normatov Ortiqlarga murojaat qildi. Foto: “Daryo”Senegallik mehmonning telefoni samolyot bortida tushib qolgan ekan. Patrul post xizmati xodimlari qisqa fursatda telefonni topib egasiga yetkazdi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0