YPX xodimlari haqida soxta malumot tarqatgan qashqadaryolik ikki fuqaro 7 sutkadan qamaldi

Shahrisabz shahar Kesh mahalla fuqarolar yigini binosida 1992-yil tugilgan Q.Sh. va 1994-yilda tugilgan A.A.larning militsiya xodimlariga ommaviy ravishda boysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida atayin soxta uydirma tarqatgan qilmishi sayyor sud majlisida korib chiqildi. Bu haqda Daryoga Qashqadaryo viloyat Yol harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Javlon Baxtiyev malum qilmoqda. Foto: Qashqadaryo viloyati yol harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatiViloyat yol harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabariga kora, fuqarolar Q.Sh va A.A lar Shahrisabz shahrida oz xizmat vazifasini bajarayotgan yol harakati xavfsizligi inspektorlari Jorabek Toxtayev hamda Bekzod Xojaqulovlar faoliyatiga tosqinlik qilib, xodimning oz vazifasini bajarishga taalluqli qonuniy talablarini bajarmaslikka ommani davat qilgan. Bu ham yetmaganidek ommani chalgitish maqsadida internetda yolgon malumot tarqatgan.2-otryad 1-safarbarlik guruhi komandiri, leytenant Shaxtiyor Otaqulovning Daryoga qoshimcha qilishicha, haydovchi A.A 2019-yil 7-mart kuni oz xizmat vazifasini bajarayotgan xodim Jorabek Toxtayev ishiga qarshilik korsatgan bolsa, fuqaro Q.Sh 21-mart kuni YPX xodimi Bekzod Xojaqulov faoliyatiga tosqinlik qilib, holatni atayin notogri talqin qiluvchi vidoesyomka orqali IIB xodimlarini obrosizlantirishga intilgan.Sayyor sudda fuqarolar Q.Sh va A.A.larga 7 sutkadan qamoq jazosi tayinlanib, sudlanuvchilarning qamoqda otirgan har bir kuni uchun eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida har biridan davlat foydasiga 212 863 som miqdorida mablag undirilishi belgilangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0