Toshkent shahar hokimligi OAVda elon qilingan axborot xurujlariga munosabat bildirdi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati songgi paytlarda ayrim OAVlarda chop etilayotgan axborot xurujlariga munosabat bildirdi. Quyida hokimiyat munosabati etiboringizga havola etiladi. Foto: Gazeta.uzBiznes asosan maqsadli kelishuvlardan iborat. Agar loyiha ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyatga ega bolsa, uni tasdiqlash va amalga oshirishda muammo yoq. Ammo bu masalada kozboyamachilikka otgan tadbirkorlar bilan bitim tuzib bolmaydi. Shaxsiy manfaatdan boshqa biror nafi bolmagan ayyor ishbilarmonlar endi axborot hujumiga otishmoqda.Mahalliy hokimiyat vakillarini biznes yuritishinga tosqinlik qilayotganligi haqidagi ayblov bilan chiqdingmi,- demak sen qahramonsan. Baxtinga hech qanday faktlari va isbotlari bolmagan shov-shuvli material elon qilib, jamoatchilik etiborini tortishga oylaydigan OAV ham kop.Bugun biznesda omadi yurishmayotgan tadbirkor xuddi shunday davo bilan mahalliy hokimiyat idoralarining nomini qora qilmoqda. Uning Toshkent shahar hokimi, Ozbekiston Respublikasi bosh vaziri hamda tuman hokimligi mutasaddilari va boshqalarga nisbatan ayblovlari OAV elon qilib borilmoqda. Haqiqat esa shundaki, masul hayat uning qurilish meyorlariga tamoman zid bolgan kop qavatli uylarini talabga javob bermagani uchun qabul qilmagan.Uylari sifat talablariga javob bera olmasligini bila turib ham quruvchi komissiya ularni etirozsiz qabul qiladi deb ishongani galati. Balki u yer olish, uy qurish va topshirishgacha bolgan barcha jarayonlarda mutasaddilarga pora berib, ishimni bitirib ketaman deb oylagandir. Endi esa tadbirkor amalga oshmagan xom xayollari girdobidan chiqib keta olmayapti. Sifatsiz uylarini qay yol bilan bolsa ham foydalanishga topshirish harakatini qilayapti. Tadbirkor tomonidan bugungacha foydalanishga topshirilgan uylarning memoriy yechimi, qurilish meyorlari va sifati qanchalik talabga javob berishi, ularda istiqomat qilayotgan aholining oz uylaridan qanchalik mamnunligiyu sifatsiz turar joylarni qurish va foydalanishga yol qoygan masul kishilarning ishi masalasi hozirda Toshkent shahar hokimligining tegishli komissiya tomonidan atroflicha organilmoqda. Xulosalar asosida aybdorlar tegishli tartibda javobgarlikka ham tortiladi.Tadbirkor hozirda OAVlarida turli davoyu ayblovlar bilan chiqib, masalaning asl mohiyatidan etiborni chalgitmoqchi bolayotganligini qorqoq oldi musht kotarar deya izohlasak xato bolmas. Mutasaddi rahbarlarning ogzaki buyrugi bilan men qurayotgan kop qavatli uylar buzib tashlandi deya jar solayotgan Muhammadbobur Xojayevdan boshqa biror kimsa u aytganidek, rahbarlarning topshirigidan xabardor emas.Tadbirkorning davolari nechogli haqqoniy ekani va u tomonidan qurilgan uylarning holati qanday ekanligini xolis organish uchun Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xodimlarini ham bu ishga jalb etdi. Ular Muhammadbobur Xojayev tomonidan qurib, foydalanishga topshirilgan kop qavatli turar joylarda bolib, u yerda istiqomat qilayotgan aholi bilan suhbatlashishdi.Mustahkam poydevorsiz uy qurish mumkinmi degan savolning javobini nafaqat quruvchilar, balki oddiy aholi ham biladi. Shu manoda jurnalistlar uylar holatini organar ekanlar, nahotki Toshkentda shunday xaroba uylar ham bolsa, deya hayratlandilar.Uylarda yongin xavfsizligi meyorlariga umuman rioya etilmagan, yomgir suvi ketadigan arigu quduqlar ham yoq. Uylarda devorning orniga gipskartondan foydalanilganiga nima deysiz. Xullas, muammolarning keti uzilmaydi. Hatto bu uylarning polidan otlar osib chiqqan holatlar ham kuzatilgan.Devorning ham qulogi bor degan, naql bejiz keltirilmaydi. Matbuot xizmati xodimlarining uylar holatini organayotganligidan xabar topgan quruvchi Ravshan Zokirov darhol ozining superuylariga yetib kelib, muloqotga aralashdiyu odamlarni deyarli gapirtirmay qoydi. Jurnalistlar odamlar fikrini organayotgani uni nihoyatda tashvishga soldi. Agar quruvchi oz uylarining sifati va bugungi kundagi holatidan kongli toq bolganida xavotirga orin yoq edi. Demak, noroziliklar kop va ular jamoatchilikka elon qilinmasligidan Ravshan Zokirov manfaatdor.Negaki, u ushbu uylarga masul shaxs hisoblanadi, va turar joyda yuzaga kelayotgan muammolar ham uning ishtiroki bilan xal boladi. Uning bevosta rahbari bolgan Muhammadbobur Xojayev oziga nisbatan katta ishonch bilan hokimlik vakillarini ayblayotgan bir paytda nega unda oz uylarining sifatli ekaniga ishonch yoq.Axir kun qahramoniga aylangan Muhammadbobur Xojayev 4-aprel kuni ham bir nechta OAVlarda ozini korsatdi. S-1da Toshkentlik tadbirkor OAVlaridagi (namoyishkorona)chiqishlaridan song axborotdan xujumiga tayyorlanmoqda sarlavhali hikoya elon qilindi va unda goyoki hokimiyat qiynayotgan tadbirkorning qalb hayqiriqlari bayon etildi.Ozini haqiqat va adolat tarafdori deya bong urayotgan tadbirkor Muhammadbobur Xojayev Mirzo Ulugbek tumani hokimligi tadbirkorga qarshi fakt va dalillar toplab, sud qarori asosida u qurgan uylarni buzishga haqarat qilayotganligini malum qilgan.Shuningdek, tadbirkor yangi chiqishida u tomonidan 2017 va 2018 yillarda qurilgan uylarda jurnalistlar ishtirokida aholi fikri organilib, tasvirga olish ishlari bolib otgani haqida ham toxtalgan. Va bu ijodiy guruhni noxoislik hamda yolgonchilikda ayblagan.Endi esa noxolis ijodkorlarga toxtalsak. Maqolani oqiyotgan kishi matbuot xizmati vakillari bilan quruvchi Ravshan Zokirov muloqot qilganidan xabardor. Bu ijodkorlar qolidagi tasvirlarga ham muhrlangan. Ammo Muhammadbobur Xojayev masalaga faqat u xohlaganidek yondoshuv togri deb hisoblamoqda. Xususan, u voqea joyida shaxsan ozi bolgani va ijodiy guruhdan nega tasvirga olish ishlarini amalga oshirayotganliklarini soraganligini, ular esa tadbirkor uylarni notogri qurayotgani haqida material tayyorlashayotganligini aytishganligini bayon qilgan. Ha, odamlar qanday qilib hokimiyat qiynayotgan tadbirkorga ishonishmasin. Axir ularda asl voqelikning tasviri yoq va ularning har biri bu masalaning mohiyatini chuqur organmaydiku. Shu bois ham u atrofdagilarning nazarida aybdor va yolgonchi emas, balki jabrdiydadir.Uning ayblovlari shunchalik asossiz ekanidan tadbirkorda vijdon bormi deb oylab qolasiz. Goyoki, ijodiy guruh u qurdirgan uylarga hokmiyat va mahalla fuqarolar yigini masullaridan iborat kishilardan odam yollab oborib, tuhmat fikrlarni yozib olgan. Lekin videokamera qayd etilgan uylar, xonadonlar raqamlari, yashovchilarning ismi sharifi va fikrlarini korib, tinglagan odam, ozi ham shaxsan Muhammadbobur Xojayev qurgan uylarga borib kim haqu kim nohaq ekanligiga aniqlik kiritishi mumkin.Tadbirkor quruvchisi Ravshan Zokirov haqida biror soz aytmay, nega ozi shaxsan ijodiy guruh bilan muloqot qilganini bildirayotgani shubhali emas. Adolat va haqiqat uchun kurashayotgan tadbirkor sifatsiz uylarni odamlarga yashash uchun qorqmagani, hayiqmaganidek, yolgoni fosh bolishiga ham etiborsiz.Tadbirkor Muhammadbobur Xojayev boshlagan axborot xujumi odamlarni sifatsiz uylarning qurilishi bilan bogliq bolgan masalaning asl mohiyatidan chalgitishi mumkin. Chalgitadi, ammo muammoni xal etmaydi. Negaki, bunday uylarda yashayotgan odamlar oz muammosini yashirib otirishmaydi. Demak, xujumni hokimiyatga emas, notogri qilingan va qilinayotgan ishlarga qarshi yonaltirish togri bolardi. Negaki, oyni etak bilan yopib bolmaganidek, xato va kamchiliklar qanchalik berkitilmasin, yolgonu bohtonlar nechogli avj olmasin, haqiqat qaror topadi.Qurilishda yol qoyilgan jiddiy xatolarni bino bitganidan song togirlab bolmaydi. Bundan jabr korayotgan odamlarni ham ovutish mushkul. Ular xususiy mulk egasi sifatida sotib olgan uylarining kam-kosti bartaraf bolishini talab qilaverishadi. Bu masalada sudga murojaat qilishlarini ham inkor etib bolmaydi. Bu yerda esa axborot xujumlari, oyinlari yordam bera olmaydi. Hokimni songina aybdor qilishda qollanilgan siyosat bu yerda otmaydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0