Ozbekiston Rossiyadan 10 ta Mi-35M zarba beruvchi vertolyot sotib olish boyicha shartnoma imzoladi

2017-yilda Rossiya Ozbekistonga 12 ta zarba beruvchi Mi-35M vertolyoti yetkazib berishi malum qilingandi. 2018-yilda Ozbekiston Rossiyaning 10 ta Mi-35M vertolyotini xarid qilish boyicha shartnoma tuzgan. Bu haqda Xalq sozi xabar berdi. Foto: Xalq sozi OnlineYaqin kunlar ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy hamkorlik boyicha komissiya yigilishini otkazadi. Unda mamlakatning 2018-yildagi qurol-yarog eksporti boyicha rasmiy natijalar elon qilinadi.Malumotlarga kora, natijalar kutilganidan ham ziyoda. Rossiya xorijga 15 milliard dollarlik qurol-yarog va harbiy texnika yetkazib bergan, 20 milliard dollardan ziyod shartnoma imzolagan. Bu eng yuqori korstakichlardan biridir.Mi-35M vertolyotlarini qoshni Qozogiston ham sotib oladi. 2018-yilda Ostona(hozirgi Nur-Sulton) Moskva bilan sakkizta qoshimcha Su-30SM qiruvchi samolyoti va tortta Mi-35M vertolyoti hamda Buk-M2E zenit raketasi divizionini xarid qilish boyicha bitim imzolagan.Eslatib otamiz, Markaziy bank hisobotiga kora, Ozbekiston otgan yilda qurol-yarog sotib olish uchun 0,7 million dollar sarflagan.Malumot uchun, Mi-24VM(Mi-35M, AN-2 Sabre) Rossiyaning transport-harbiy vertolyoti bolib, undan kunu tun foydalanish mumkin. Zirhli qurollar va texnikalarni yoq qilish, desant tushirish va quruqlik qoshinlariga hujum qilishda komak berish, yaralanganlarni evakuatsiya qilish, yuk tashishga moljallangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0