YeXHT Donbassda Rossiyaning yangi REB majmuasini qayd etdi

Yevropa xavfsizlik  va hamkorlik tashkiloti maxsus monitoring missiyasi kuzatuvchilari 2-aprel kuni vaqtincha bosib olingan Donbassda Rossiyaning radioelektron kurash majmuasi RB-341V “Leyer-3”ni qayd etgan, deya xabar beradi “Liga Novosti”. Foto: Facebook.comYeXHTning qayd etishicha, majmua 2014-yil 19-sentabrdagi memorandumning 5-bandiga muvofiq og‘ir qurollar va harbiy texnika joylashtirish taqiqlangan hududi tomon yo‘l olgan.Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yilning avgustida Rossiya Lugansk respublikasining alohida hududlariga so‘nggi REB tizimlarini tashlagan.YeXHT ma’lumotlariga ko‘ra, 31-mart holatiga ko‘ra, quyidagi qurollar borligi aniqlangan: Shimshinovskiy poligoni yaqinida (Luganskdan janubi-g‘arbga 27 kilometr) 12 tank (turi aniqlanmagan) hamda Ternoviy poligoni yaqinida (Doneskdan sharqqa 57 kilometr) 28 ta tank (turi aniqlanmagan).

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0