Qirolicha Yelizaveta Megan Marklni jazolash uchun shahzodani g‘azablantirdi

Buyuk Britaniya qirolichasi shahzoda Garrining rafiqasi Megan Marklga o‘z kolleksiyasidan bo‘lgan taqinchoqlarni taqishni taqiqlagan, deya xabar beradi Daily Mail. Foto: Globallookpress.comTo‘ydan keyin shahzoda Garri uydagi barcha xizmatchilarga: “Megan istagan narsasini oladi”, — deya topshiriq bergan. Bu esa Yelizaveta II ga yoqmagan.Shu sabab Bukingem saroyi Megan Marklning Yelizavetaning qimmatbaho buyumlaridan foydalanishini cheklash va qirol oilasida “tartibni, iyerarxiya va ustunlikni saqlab qolish” uchun qat’iy qoidalarni joriy etishga qaror qilgan.Manbaga ko‘ra, ushbu qaror Sasseks gersogini g‘azablantirgan.Shu bilan birga uning akasi shahzoda Uilyamning rafiqasiga barcha zargarlik buyumlari, jumladan, malika Dianaga tegishli bo‘lgan narsalarni ham taqishga ruxsat berilgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0