Shahnoza Mirziyoyeva: Nogironligi bolgan bolalarga birgalikda qanot bagishlaylik!

4-aprel kuni Nukus shahrida Imkon nomli Ozbekistondagi birinchi ixtisoslashtirilgan maktabgacha talim muassasasining tantanali ochilish marosimi bolib otdi. Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiMazkur muassasa jismoniy turli nuqsonlari bolgan bolalarni ijtimoiy-madaniy muhitga jalb etish, ularni maktabgacha talim va soglomlashtirish reabilitatsiyasi bilan taminlash imkonini yaratadi.Tantanali ochilish marosimida loyiha bosh koordinatori, Maktabgacha talim vazirligi Maktabgacha talim muassasalari faoliyatini tashkil etish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligi orinbosari, loyiha koordinatori Shahnoza Mirziyoyeva sozga chiqib, ushbu loyiha ahamiyati va Ozbekistonda nogironligi bolgan shaxslarga davlat tomonidan qaratilayotgan etibor xususida gapirdi. Bu haqda Daryo muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi. Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiShahnoza Mirziyoyeva oz nutqi avvalida Ozbekiston paralimpiya terma jamoasi azolariga minnatdorchilik bildirdi:Keling, 2016-yilda bolib otgan paralimpiya oyinlarini yodga olamiz. Sportchilarimizning ushbu olimpiadadagi ishtiroki Ozbekiston tarixidagi eng muvaffaqiyatli bolgan edi. Ular bizning terma jamoamizga 77 ta medal tuhfa etgandi.Bu sport qahramonlari tufayli biz Vatanimiz bilan, bizning paralimpiya terma jamoamiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bugun esa mana shu bogchaning ochilish marosimida sizni mehmon sifatida qarshi olish biz uchun katta sharaf. Rahmat katta!Xalq salomatligi mamlakat kelajagiYaqinda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayramda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Xalq maqolida shunday deyiladi: Xalq salomatligi mamlakat kelajagi. Asosiysi jamiyatda tinchlikni va insonlarning salomatligini taminlash, qolgan barcha muammolarni hal qilsa boladi, deb aytdi. Ushbu masalaning muhimligini anglagan holda Ozbekiston Prezidenti nogironligi bolgan insonlarga, ularni himoya qilish, teng huquq va imkoniyatlar bilan taminlashga alohida etibor qaratmoqda, deydi Shahnoza Mirziyoyeva. Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiImkon markazi MDHda yagonaShahnoza Mirziyoyeva ushbu markaz nafaqat Ozbekistonda, balki yaqin xorijiy mamlakatlarda ham muqobili yoq loyiha ekanligini takidladi:Bolalar nogironligi ortib borayotganini hisobga olib, Ozbekiston Prezidenti tomonidan 2018-yil 16-avgustida Orolboyi mintaqasi bolalari uchun reabilitatsiya markaziga ega bolgan davlat ixtisoslashtirilgan kop tarmoqli maktabgacha talim muassasasini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-3909-sonli qaror imzolandi.Mana bugun, oradan 7 oy otib biz bu ajoyib kun Imkon markazimizning ochilishini bayram tariqasida nishonlash imkoniga ega boldik.Ushbu loyiha nodir bolib, nafaqat Ozbekiston, balki yaqin xorijiy mamlakatlarda ham uning muqobili mavjud emas. Uning nodirligi shundaki, markaz nafaqat reabilitatsiya, balki talim berishga moljallangan. Nogironligi bolgan bolalarga kichik yoshdan reabilitatsiya xizmatini korsatish uchun biz ushbu maktabgacha talim muassasasiga bolalarni ikki yoshdan qabul qilishni yolga qoydik. Zarur stimulyatsiyaga yonaltirilgan yordam dasturini imkon qadar tezroq boshlash juda muhim. Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiNega aynan Nukus?Ushbu savolga Shahnoza Mirziyoyeva quyidagicha javob berdi:Kopchilik bizdan birinchi reabilitatsion markazga ega maktabgacha talim muassasasini qurish uchun nega aynan Nukus, umuman olganda Orolboyi mintaqasini tanlaganimiz haqida soraydi.Qoraqalpogiston Respublikasida 2018-yilning 1-yanvar holatiga kora, tugilganidan beri nogironligi bolgan bolalar soni 17,5 foizga ortgani qayd etilgan. Biz Orol inqirozidan jabr korgan hudud aholisiga yordam korsatishimiz kerak. Bu haqda Ozbekiston Prezidentining BMT bosh assambleyasida sozlagan nutqida ham gap ketgan edi.Ushbu loyihaga har birimiz qalbimizning bir bolagini bagishladikLoyiha koordinatori Shahnoza Mirziyoyeva uni amaliyotga tatbiq etishga oz hissasini qoshgan barcha insonlarga minnatdorchilik izhor etdi:Davlat rahbari har doim nogironligi bolgan insonlarning jamiyat tomonidan qollab-quvvatlanishi, ularning kamsitilishi bilan kurashishning muhimligi haqida gapiradi. Prezident mamlakatning har bir fuqarosi teng huquqli bolishini taminlashga alohida etibor beradi. Aynan Prezidentning tashabbusi, qollab-quvvatlashi bilan ushbu nodir loyihani amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega boldik. Mamnuniyat bilan qayd etish kerakki, Prezidentning qollab-quvvatloviga xorijiy va mahalliy tadbirkorlar xayrixoh boldi. Ular loyihaning muvaffaqiyati uchun qollaridan kelgan barcha imkoniyatni ishga soldi.Bugun, biz ushbu loyihaga oz hissasini qoshgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildirmoqchimiz.Men loyihani yaratgan, qurgan, kerakli jihozlar bilan taminlagan, dasturlar yozgan, oqitgan, video syujetlarni tasvirga olgan logistika va tashkillashtirish bilan shugullangan, umuman olganda befarq bolmagan insonlarning katta guruhiga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Kopchiligingiz bir necha tunlarni bedor otkazdingiz, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun shu yerda yashadingiz. Ishonch bilan ayta olamanki, har birimiz mana shu loyihaga qalbining kichik bolagini tuhfa etdi. Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiIlk ijobiy natija bolalar yuzidagi tabassumShahnoza Mirziyoyeva uch hafta avval ish boshlahan markaz faoliyatidagi ilk ijobiy natijalar kozga tashlanganidan minnatdor ekanligini bildirdi:Biz uch hafta oldin markazimiz bolalarga oz eshigini ochgan kundan hozirga qadar ijobiy natijalarni korishdan mamnunmiz. Bolalar tabassumi, ota-onalar kozidagi umid va ertangi kunga bolgan osib borayotgan ishonch. Bunday bolalarning kelajagi har birimizga bogliq. Keling har bir nogironligi bolgan insonga mashaqqatlarni yengib otishga birgalikda yordamlashaylik va ularga qanotlarni hadya etaylik! Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0