Ozbekiston qishloqlarida shaxsiy gigiyena va soglom ovqatlanish qoidalariga amal qilinadimi?

Respublika ilmiy-amaliy tibbiy markazlari yetakchi shifokorlari bilan aholini tibbiy korikdan otkazish jarayonida shu narsa ayon boldiki, qishloq joylarda aksariyat aholi tomonidan shaxsiy gigiyena, soglom ovqatlanish qoidalariga deyarli rioya qilinmaydi, deb malumot beradi Zarnews. Foto: ZarnewsOqibatda aholi ortasida ovqat hazm qilish kasalligi, qonda yetarli moddalar yetishmasligi, endokrin kasalliklari kopaygan. Buning sababi, aholining aksariyati kechki ovqatni soat 20:00-21:00 larda istemol qiladi va bu ogir asoratlarni keltirib chiqaradi. Faol jismoniy mehnat bilan mashgul kishilarda ovqat hazm bolish jarayoni osonroq kechishi mumkin, ammo keksalar, bolalar va ayollarda ogir kechadi. Kop hollarda kechki payt ovqatdan bir soat vaqt otar-otmasdan uxlaydi.Shuning uchun, ishchi guruh tarkibidagi shifokorlar, mutaxassislar aholiga soglom turmush tarzining asosiy omili bolgan soglom ovqatlanish tartibini tushuntirishga harakat qiladi.Payariq va Oqdaryo tumanlarida ayrim kishilarda aniqlangan birlamchi kasalliklarga sifatli tibbiy xizmat korsatildi, jiddiy kasali bor bemorlarga viloyat va respublika tibbiyot markazlarida davolanish tavsiya etilib, amaliy yordam korsatildi.Yana bir muammo aholi ortasida tibbiy-huquqiy madaniyatning rivojlanmaganligidir. Ayrim bemorlar on ikki barmoqli ichakdagi yara yoki surunkali gepatit asorati bilan ham nogironlik guruhiga chiqishga urinyapti. Bunday vaziyatda nogironlik guruhi tayinlash bilan bemorning holati yaxshilanmaydi. Ular reabilitatsiya sharoitida davolanish yollarini korishi lozim. Bunda oilaviy poliklinikaning umumiy amaliyot shifokori bilan individual ish olib borilsa, yanayam samarali boladi.Ravshan ISOQOV,Samarqand shahar 60-TMEK raisi,ekspert-shifokor.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0