Fransiyalik aktyor Fransua Shatto Ulugbek rolini ijro etish uchun Samarqandga keldi

4-aprel kuni taniqli fransiyalik aktyor Fransua Shatto Ozbek davlat drama teatri rejissori Olimjon Salimov hamrohligida Samarqandga yetib keldi, deb Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi rasmiy veb-saytida xabar qildi. Foto: Madaniyat vazirligiMehmonlarni Samarqand viloyati musiqali drama teatri direktori Kamoliddin Qorjovov kutib oldi. Moviy gumbaz ostidagi ertaklar shahri Samarqand, fransiyalik mehmonni oziga shunchalik maftun etganki, u togri Registon maydoniga olib borishlarini iltimos qildi. Registon maydonida Ulugbek madrasasini kozdan kechirarkan Shatto janoblari Nahotki men shu yerda buyuk siymo obrazini yarataman. Bu katta masuliyat, degancha hayajonlarini yashira olmadi. Samarqand viloyati musiqali drama teatrida tayyorgarlik boshlab yuborildi.Eslatib otamiz joriy yilning 1114-aprel kunlari Samarqand shahrida Fransiyadagi Temuriylar tarixi va sanatini organish assotsiatsiyasi tashkil topganligining 30 yilligini nishonlashga bagishlangan xalqaro tadbirlar otkaziladi. Fransiyaning Komedii Fransez teatri aktyori Fransua Shatto Ozbek davlat drama teatri rejissori Olimjon Salimov sahnalashtirgan Ulugbek spektaklida bosh qahramon obrazida sahnaga chiqadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0