Termiz temir yol vokzali yangi qiyofada foydalanishga topshirildi (foto)

Xalqaro baxshichilik sanati festivali arafasida zamonaviy qiyofadagi bunday inshootning foydalanishga topshirilishi surxondaryoliklar uchun ulkan sovga boldi.Bu haqda OzA xabar berdi. Foto: OzAQurilish-montaj ishlarida 500 nafardan ziyod tajribali quruvchi kecha-yu kunduz mehnat qilgan. Dastlab binoning tashqi fasad va tom qismlari tamirlangan. Amalga oshirilgan say-harakatlar tufayli vokzalning kutish va yuqori darajada xizmat korsatish zallari ham zamonaviy korinishga ega bolgan. Bundan tashqari, binoda joylashgan ona-bola xonasi yangidan jihozlangan. Zamonaviy yoritish tizimlari ornatilib, perron ham tamirlangan. Foto: OzAYolovchi poyezdlarning qatnov jadvali aks etgan elektron oyna, perron qismida hamda kutish zalida axborot olish tablolari ornatilgan. Wi-Fi internet tizimi, elektron kutubxona joriy etilgan. Vokzal hududida dam olish xonalari, nogironlar uchun maxsus sanuzel, yuk bolimi, zamonaviy oshxona, sayyohlar va yolovchilar uchun Surxondaryoning milliy hunarmandchiligi aks etgan esdalik sovgalar savdo shoxobchalari ham tashkil qilingan. Foto: OzAVokzalda 125 nafar ishchi-xizmatchi faoliyat korsatadi. Bu yerda bir vaqtning ozida 200 nafar, bir sutkada 1200 dan ziyod yolovchiga xizmat korsatish imkoniyati yaratilgan. Foto: OzAXalqaro baxshichilik sanati festivaliga kelayotgan mehmonlar yangi vokzal binosida tantanali kutib olingan. Foto: OzA Foto: OzA Foto: OzA Foto: OzA Foto: OzA Foto: OzA Foto: OzA Foto: OzA

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0