Ozbekistonda eksport hujjatlarini rasmiylashtirish 96 soat vaqt oladi. Xorijda buning uchun 12 soat kifoya

Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yilning birinchi choragi yakunlari boyicha davlat budjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan korsatkichlar bajarilishini taminlash yuzasidan videoselektor yigilishi bolib otdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmatimalum qildi. Foto: Prezident matbuot xizmatiYigilishda mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan choralar muhokama qilindi. Bu borada ikkinchi chorakda otgan chorakka nisbatan 1,1 milliard dollarga kop eksportni amalga oshirish vazifasi turganligi takidlandi.Jumladan, apreliyun oylarida hokimliklar birinchi chorakka nisbatan 3 barobar kop meva-sabzavot mahsulotlari eksportini taminlashi zarur, deb takidladi Prezident.Davlat rahbari bu borada ayrim soha va tarmoq mutasaddilar va hudud rahbarlarini mavjud imkoniyatlar toliq ishga solinmayotgani uchun keskin tanqid qildi.Eksport qilinayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish, tovarlar uchun nazorat idoralaridan ruxsat olishni soddalashtirish boyicha qator vazifalar turibdi. Misol uchun, mamlakatda eksport hujjatlarini rasmiylashtirish 96 soat vaqt olsa, xorijda bunga 12 soatu 20 daqiqa ketadi, xolos.Eksport uchun ruxsatnomalar berishda Yagona darcha tizimi toliq ishga tushmagani oqibatida tadbirkorlar oz mahsulotini eksport qilishga ruhsat olish uchun kamida 10 ta idoraga borishi lozim.Shu sababli Vazirlar Mahkamasiga eksport-import operatsiyalariga ruhsat beruvchi idoralarni jalb qilgan holda tashqi faoliyat bilan bogliq davlat xizmatlarini qamrab oluvchi Yagona darcha tizimini joriy etish topshirildi.Davlat bojxona qomitasiga yappi pishiqchilik davrida bojxona postlarining otkazuvchanligini oshirish va tirbandlikka yol qoymaslik uchun tegishli choralar korish vazifasi yuklatildi.Prezident eksportbop qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari ijrosini toliq taminlash lozimligini alohida takidladi.Bu borada eksport bozorlarida mamlakat ornini mustahkamlash maqsadida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan Gallaorol, Zomin, Bulungur, Urgut, Qibray, Parkent, Oltiariq tumanlari va Quvasoy shahrida tashkil etilayotgan qishloq xojaligi birlashmalari faoliyatini samarali yolga qoyish zarur.Shuningdek, Ozdavkarantin inspeksiyasiga gilos, orik, olcha kabi bozori chaqqon mevalarni xorijiy bozorlarga faol kirib borishini taminlash maqsadida, chet el karantin xizmatlari bilan ozaro muhokamalar otkazib, eksportchilar uchun qulay sharoitlarni yaratish choralarini korish topshirildi.Transport-logistika harajatlarining yuqoriligi mamlakat eksport saolhiyatini oshirishga salbiy tasir korsatayotgani takidlandi. Ushbu masalani yechimi yolida birinchi qadam sifatida joriy yil fevral oyida mamlakatga import qilinadigan vagonlar bojxona bojlaridan ozod qilindi.Bu borada Transport vazirligiga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishda temir yol transportining imkoniyatlaridan keng foydalanish, yagona darcha tamoyili asosida soddalashtirilgan mexanizmni joriy etish yuklandi.Bundan tashqari, yuk transporti parkini keskin oshirish uchun ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan transport vositalarini sotib olish uchun kreditlash tizimini joriy etish boyicha taklif kiritishga topshiriq berildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0