Putinning tashrif hududi qanday maxfiy tutilishi ma'lum bo‘ldi

Rossiyaning zamonaviy mudofaa markazi (C4ADS) nodavlat tashkilotining hisobotida qayd etilishicha, Rossiya maxsus xizmati xodimlari soxta GPS signallarini yaratish uchun taxminan 10 ming marta radioelektron harbiy uskunadan foydalangan, deya xabar beradi “MK.ru”. Foto: ruwikipediaRossiya Federatsiyasi Prezidentining harakatlanishi va global navigatsion yo‘ldosh tizimidan signallar o‘rtasidagi bog‘liqlik “Putinning qayerdaligini yashirish uchun ishlatilgan”ligini anglatadi. Rossiya, yo‘ldosh ma’lumotlarini manipulyatsiya qilish orqali, navigatsiya uchun xavf tug‘diradi.Rossiya spufing texnologiyasi maydonni juda ko‘p yolg‘on signallar bilan to‘ldiradi va kosmosdan kelgan haqiqiy ma’lumotlarni yashirishi orqali ma’lum bir kvadratdagi barcha navigatsiya tizimlarining signallarini buzadi.Misol uchun, tashkilot spufing sababli xalqaro suvlardagi kemalarda navigatsiya bilan muammolarga duch kelingan 7 910 ta holatni aniqlagan.Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bunday usullarni Rossiya Suriya va Qrimda keng qo‘llaydi. “Rossiyaliklar Putinning 2018-yilning 15-mayidan 15-sentabriga qadar Kerch bo‘g‘oziga tashrifi davomida qayerdaligini yashirish uchun GPS-signallarini soxtalashtirgan”, — deyiladi hisobotda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0