Shavkat Mirziyoyev birinchi chorakda davlat budjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi boyicha videoselektor yigilishi otkazdi

Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yilning birinchi choragi yakunlari boyicha davlat budjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan korsatkichlar bajarilishini taminlash yuzasidan videoselektor yigilishi bolib otdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati malum qildi. Foto: Prezident matbuot xizmatiBirinchi chorakda mamlakat boyicha budjet tushumlari toliq bajarilib, otgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobar kop ijro etilgan. Chorak yakuni boyicha mahalliy byudjet daromadlari rejaga nisbatan 1 trillion 253 milliard som ortigi bilan bajarilib, hududlar ixtiyorida otgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar kop mablag qoldi.Mahalliy budjetda qancha kop daromad bolsa, dolzarb bolgan ijtimoiy masalalarni shuncha tezkorlik bilan hal qilish mumkin, dedi davlat rahbari. Qoshimcha mablaglar, jumladan, Beshta tashabbus, Obod qishloq, Obod mahalla, Ichimlik suvi, Har bir oila tadbirkor kabi davlat dasturlarini joylarda tizimli amalga oshirish, xalqning daromadini kopaytirish va hayotini yaxshilash uchun zarur boladi.Shavkat Mirziyoyev ushbu vazifani hamma rahbar ham birdek anglab yetmayotganini keskin tanqid qildi. Jumladan, byudjetga jami tushumlar prognozi 9 ta tuman va shaharda bajarilmagan.Ayniqsa, Toshkent shahrining on bitta tumanidan 7 tasida jami tushum prognozi bajarilmagan. Ushbu tumanlar soliq inspeksiyalari rahbarlari lavozimlaridan ozod etildi.Shahar hokimligi va soliq idoralari rahbarlarini budjetga tushumlarni taminlashda sustkashlikka yol qoyilganligi qattiq tanqid ostiga olindi.Bunday holatlar boshqa viloyatlarda ham qayd etilgan. Shu sababli Davlat soliq qomitasiga mahalliy byudjetga tushum prognozi bajarilmagan bir qator tuman va shahar soliq idoralar rahbarlarining lavozimiga loyiqligini tanqidiy korib chiqish topshirildi.Joriy yildan boshlab qoshilgan qiymat soligi tolovchilari soni qariyb 5 baravarga oshgan. Qoshilgan qiymat soligini hisoblashning samarali va sodda mexanizmlari samarali toashkil etilmaganligi sababli ushbu tizimga yangi otgan 26 mingta korxonadan 9 mingtasi tegishli soliq hisobotlarini topshira olmagan.Vazirlar Mahkamasi va Davlat soliq qomitasiga bir oy muddatda xalqaro ekspertlar bilan birga Ozbekistonda soliq islohotlarini amalga oshirishda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boyicha qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.Budjet tushumlarini taminlashdagi asosiy tosiqlardan biri iqtisodiyotda norasmiy faoliyatning saqlnib qolinayotganidir. Shavkat Mirziyoyev bu boradagi ishlar natijalari mutlaqo qoniqarli emasligini takidladi. Shu sababli bu borada qabul qilingan dasturiy choralarni jonlantirish topshirildi.Dastlabki hisob-kitoblarga kora, yuqorida takidlab otilgan muammolar oz vaqtida bartaraf qilinsa, yil oxiriga qadar byudjetga qoshimcha kamida 6 trillion som tushishini taminlash mumkin. Foto: Prezident matbuot xizmatiJumladan, joriy yil ikkinchi choragida Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida 200 milliard somdan, Qashqadaryoda 170 milliard som, Andijonda 140 milliard som, Qoraqalpogistonda 130 milliard, Fargonada 100 milliard, Samarqand va Namanganda 80 milliard somdan, Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazmda 60 milliard somdan, jami qariyb 2 trillion som byudjetga qoshimcha mablag tushirish imkoniyati mavjud.Yigilishda mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan choralar muhokama qilindi. Bu borada ikkinchi chorakda otgan chorakka nisbatan 1,1 milliard dollarga kop eksportni amalga oshirish vazifasi turganligi takidlandi.Jumladan, apreliyun oylarida hokimliklar birinchi chorakka nisbatan 3 barobar kop meva-sabzavot mahsulotlari eksportini taminlashi zarur, deb takidladi Prezident.Davlat rahbari bu borada ayrim soha va tarmoq mutasaddilar va hudud rahbarlarini mavjud imkoniyatlar toliq ishga solinmayotgani uchun keskin tanqid qildi.Eksport qilinayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish, tovarlar uchun nazorat idoralaridan ruxsat olishni soddalashtirish boyicha qator vazifalar turibdi. Misol uchun, mamlakatda eksport hujjatlarini rasmiylashtirish 96 soat vaqt olsa, xorijda bunga 12 soatu 20 daqiqa ketadi, xolos.Eksport uchun ruxsatnomalar berishda Yagona darcha tizimi toliq ishga tushmagani oqibatida tadbirkorlar oz mahsulotini eksport qilishga ruhsat olish uchun kamida 10 ta idoraga borishi lozim.Shu sababli Vazirlar Mahkamasiga eksport-import operatsiyalariga ruhsat beruvchi idoralarni jalb qilgan holda tashqi faoliyat bilan bogliq davlat xizmatlarini qamrab oluvchi Yagona darcha tizimini joriy etish topshirildi.Davlat bojxona qomitasiga yappi pishiqchilik davrida bojxona postlarining otkazuvchanligini oshirish va tirbandlikka yol qoymaslik uchun tegishli choralar korish vazifasi yuklatildi.Prezident eksportbop qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari ijrosini toliq taminlash lozimligini alohida takidladi.Bu borada eksport bozorlarida mamlakat ornini mustahkamlash maqsadida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan Gallaorol, Zomin, Bulungur, Urgut, Qibray, Parkent, Oltiariq tumanlari va Quvasoy shahrida tashkil etilayotgan qishloq xojaligi birlashmalari faoliyatini samarali yolga qoyish zarur.Shuningdek, Ozdavkarantin inspeksiyasiga gilos, orik, olcha kabi bozori chaqqon mevalarni xorijiy bozorlarga faol kirib borishini taminlash maqsadida, chet el karantin xizmatlari bilan ozaro muhokamalar otkazib, eksportchilar uchun qulay sharoitlarni yaratish choralarini korish topshirildi.Transport-logistika harajatlarining yuqoriligi mamlakat eksport saolhiyatini oshirishga salbiy tasir korsatayotgani takidlandi. Ushbu masalani yechimi yolida birinchi qadam sifatida joriy yil fevral oyida mamlakatga import qilinadigan vagonlar bojxona bojlaridan ozod qilindi.Bu borada Transport vazirligiga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishda temir yol transportining imkoniyatlaridan keng foydalanish, yagona darcha tamoyili asosida soddalashtirilgan mexanizmni joriy etish yuklandi.Bundan tashqari, yuk transporti parkini keskin oshirish uchun ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan transport vositalarini sotib olish uchun kreditlash tizimini joriy etish boyicha taklif kiritishga topshiriq berildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0