Qoqon va Nukus suv tejashga bagishlangan eko-marafon bolib otdi

Suv tejovchi texnologiyalarni qollagan holda Qoqon shahrida (Fargona viloyati) otkazilgan birinchi UzWaterAware eko-marafoni doirasida birvarakayiga bir nechta tadbir otkazildi, sugorish xarjlarini 50 % kamaytirishga imkon beruvchi gidrogeldan foydalangan holda 2000 ta kochat otkazish boyicha mahorat darslari shular jumlasidan boldi. Bu haqda Daryoga tadbir tashkilotchilari xabar berdi. Foto: UzWaterwareNukus shahrida esa eko-marafon Qoraqalpogiston Respublikasi va Xorazm viloyatining amaliyotchi jurnalistlari hamda Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti jurnalistika bolimi talablari uchun suv-ekologiya mavzusini yoritish boyicha trening tariqasida bolib otdi. Tadbir Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi tomonidan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan UzWaterAware loyihasi doirasida Suv xojaligi vazirligi hamda OzR Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi komagi ostida tashkil etildi.Nukusda otkazilgan UzWaterAware suv tejash eko-marafoni Qoraqalpogiston hamda qoshni Xorazm OAV vakillarini, shuningdek treninglar bolib otgan Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining jurnalistika bolimi talabalarini qamrab oldi. Loyihada suv-ekologiya, jurnalistika malumotlari, suv tejash sohasidagi muammolar va ularning yechimlarini togri yetkazib berish kabi mavzularni yoritishga alohida etibor qaratildi.Natijalarga kora trening ishtirokchilari jurnalistning zamonaviy instrumentlari, veb-dasturlar va keng auditoriyani suv-ekologiya mavzusiga jalb etish boyicha materiallarni yetkazishning yangi imkoniyatlari haqida koplab malumotlarga ega bolganliklari takidlandi.Qoqonda otkazilgan eko-marafonning asosiy maqsadi osimliklarni sugorishda suv xarjlarini kamaytiruvchi texnologiyani yaqqol korsatish boldi. Qaragay, pavlovniya, katalpa, siren singari 2000 dan ortiq kochatlarni otkazishda Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tavsiyasiga kora, gidrogel mahalliy ilmiy laboratoriyalar bazasida bizga moslashtirilgan ilmiy ishlanmadan foydalanildi.Qoqondagi uch kunlik tadbirda shaharning bir necha kochalari va ijtimoiy obyektlari qamrab olindi. Furqat nomidagi bogda fermerlar hamda Obodonlashtirish boshqarmasi va Kommunxizmat agentligi xodimlari uchun qurgoqchil iqlim sharoitida suv xarjini kamaytirish maqsadida daraxtlar va boshqa osimliklarni ekishda suv tejovchi gidrogelni qollash boyicha maxsus ochiq mahorat darslari bolib otdi.UzWaterAware suv tejash eko-marafonlari turli formatlardagi tadbirlar bilan Toshkent shahri va Respublikaning boshqa viloyatlari hamda Qoraqalpogiston Respublikasida 2019-yil mobaynida davom etadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0