Hindistonda Toshkent ishi nomli film ekranlarga chiqmoqda (video)

Hindistonda Shastrini kim oldirdi? yoki Toshkent ishi nomli film ekranlarga chiqmoqda, deb Sputnik xabar qiladi. Foto: Sputnik/Valeriy ShustovFilm syujeti Toshkentda 1966-yilning yanvarida bolib otgan voqealarga bagishlangan. Bosh rolda Mitxun Chakraborti oynagan.1965-yilda Hindiston va Pokiston orasida mojaro avj olib qurolli toqnashuvlar sodir bolgan. Garb mamlakatlarining bir necha urinishlari foyda bermaganidan song, sobiq SSSR rahbariyati ushbu ikki davlatni Toshkentda muzokaralar otkazishga kondiradi.Hindiston bosh vaziri Lal Bahodur Shastri Pokiston bilan tinchlik muzokaralari otkazish uchun Toshkentga keladi. Toshkentda Hindiston va Pokiston orasida tinchlik shartnomasi imzolanadi va muvaffaqiyatli kelishuvdan song tantanali ziyofat bolib otadi. Ertasi kuni 1966-yil 12-yanvarda Hindiston bosh vaziri vafot etadi.Bir zumda, garbiy nashriyotlar Shastri Toshkentda zaharlandi, bir guruh kishilar hibsga olindi mavzusida maqolalar chop etishga tushadi. Lekin Shastrining tanasini tekshirgan shifokorlar u tortinchi marotaba infarktni boshidan kechirganini va uning yuragi dosh bermaganini qayd etadi.Filmni tomosha qilgan kishi haqiqatni bilib oladimi, degan savolga rejissor quyidagicha javob berdi:Men sudya yoki politsiyachi emasman, men faqat odamlarga haqiqatni korsatishim mumkin. Keyin odamlar ozlari hal qiladi, deb javob berdi rejissor.Hindistonda ushbu film 12-aprel kuni ekranlarga chiqadi. Quyida uning treylerini tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0