Toshkentda 80 yoshli otaxonning plastik kartasidan pul omargan shaxs qolga olindi (video)

Toshkent shahrining Mirzo Ulugbek tumanida istiqomat qiluvchi 80 yoshli pensionerning bank plastik kartasidan pullar ogirlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Ozbekiston 24 telekanali axborot dasturida xabar berildi. Foto: Anhor.uzOyma-oy nafaqa pullari kelib tushadigan plastik kartasida mablagi kamayib qolayotganidan shubhalangan otaxon joriy yilning 7-mart kuni oziga xizmat korsatuvchi bankka murojaat qilgan.Plastik kartasidan kochirma olganimizda shu malum boldiki, 2018-yil noyabr oyidan 2019-yil mart oyiga qadar muntazam ravishda pul mablaglari Payme tizimi orqali boshqa kartaga otkazilgan. Shu muammolarning oldini olish maqsadida biz mijozlarga plastik kartadan tolov amalga oshirayotgan vaqtda PIN kod raqamini ozlari terishini va 3-shaxsga bermasligini tavsiya qilardik, deydi bank xodimi Laziz Oripov.Bank plastik kartasi hisob raqamidagi aylanma mablaglar tekshirilganda undan boshqa bank mijozi bolgan fuqaroga 3,200,000 som miqdoridagi pul otkazib olingani malum bolgan.Huquq-tartibot idoralariga qilingan murojaatdan song bu ishlarni amalga oshirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qozgatilgan. Dastlabki tergov ishlaridan malum bolishicha, otaxon internetga pul tolash uchun kompaniya xodimiga plastik kartasini tutgan. Shunda xodim ozining telefoniga plastik kartaning parolini yozib olgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0