Toshkentdagi avtomobil poygasi pensioner ayolning o‘limiga sabab bo‘ldi

Toshkentdagi avtomobil poygasi natijasida pensioner ayol halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar berdi. Foto: Toshkent shahar IIBYTH 29-mart kuni soat taxminan 6:20 da Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan. Baxtsiz hodisaga bir nechta avtomobil haydovchilari tezlikni oshirib haydagani sabab bo‘lgan.Xabarda aytilishicha, 28-mart kuni tunda haydovchilar ko‘ngilochar maskanlardan birida bo‘lgan. Ularning orasida noma’lum sababga ko‘ra janjal chiqqan. Yigitlardan biri jahli chiqqan do‘stlaridan yashirinishga uringan, qolganlari esa uning ortidan quvgan.“Chorsu” bozorining qarshisida, Alisher Navoiy va Samarqand Darvoza ko‘chalari chorrahasida haydovchilardan biri tezlikni oshirgan va boshqaruvni yo‘qotib, Gazel rusumli mikroavtobusga urilgan. Natijada bir necha kishi jarohatlangan, 62 yoshli ayol esa voqea joyida halok bo‘lgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0