Samarqandda vakolatini suiistemol qilgan bank mansabdorlari jazolandi

Huquq nashrida Samarqand viloyatidagi banklardan birida fosh etilgan nayrangbozlar haqida maqola elon qilindi. Foto: DepositphotosAnvar 2008-yildan beri bankning tuman filialida ishlab keladi. 2014-yildan u shu bank filialida boshqaruvchi vazifasiga kotarildi. Qisqa qilib aytganda, endi filialga umumiy rahbarlik qilish Anvarning zimmasida edi.U bank bosh hisobchisi Vahob bilan til biriktiradi. Mansab vakolatini suiistemol qilib, ishonib topshirilgan va ixtiyorida bolgan ozganing mulkini talon-toroj qilishni rejalashtirdi.Ular 2014-yil tumandagi Kattaming odil mirishkor XK bilan shartnoma imzoladi. Shartnomaga asosan 60 million som kredit 1 yil muddatga 18 foizlik ustama tolash sharti bilan spirtli ichimliklar savdosi uchun ajratilgan. 2015-yil holatiga asosiy qarzdan 34 million 600 ming som, kredit foizlari 2 million34 ming 651 som, jami muddati otgan qarzdorliklar 36 million 634 ming 651 somlik kredit mablaglarining maqsadsiz sarflanishiga yol qoyib, kredit mablaglarini rastrata yoli bilan talon-toroj qilishgan.Bundan tashqari, ular amaldagi qonun-qoidalarga zid ravishda 60 ta holatda jami 100.040,0 ming som daromad soliqlari ushlab qolinmasdan ish haqlari berilishiga yol qoygan.Shuningdek, Anvar bilan Vahob mazkur bank tomonidan xizmat korsatilayotgan qishloq xojaligi korxonalariga ajratilgan transh mablaglarini galla hosilini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit va kredit foizini qoplashga, MTPlar tomonidan bajarilgan xizmatlarga, olingan mineral ogitlarga, yoqilgi-moylash materiallariga, elektroenergiya tolovlariga, soliq va boshqa ish haqidan ushlanmalar uchun tolovlarga, qishloq va suv xojaligi vazirligining tuman bolimlari oldidagi mavjud qarzlarini tolashga yonaltirishi lozim edi. Lekin ular mablaglarni bankning boshqa xarajatlariga maqsadsiz yonaltirib, davlat va jamiyat manfaatlariga kop miqdorda zarar yetkazdi.Xuddi shuningdek, bu yigitlar oz mansab vakolatini suiistemol qilib, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xojaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgarmasi mablaglarini amaldagi tartib va yoriqnomalarga zid ravishda asossiz, maqsadsiz yonaltirishga yol qoygan.Bir yil mobaynida fermer xojaliklari hisobiga kelib tushgan pul mablaglari boyicha Xojalik yurituvchi subyektlarning bank hisob varaqlaridan pul mablaglarini hisobdan chiqarish tartibi togrisidagi yoriqnomaning talablariga zid ravishda 29 ta holatda 41 051,9 ming som penya budjetga zarar yetkazilishiga yol qoygan. Qolaversa, 7 ta bank mijoziga ajratilgan tijorat kreditlari sifatida 261 894,6 ming somlik grafik boyicha muddati otgan qarzdorliklarning oz vaqtida undirilmagani natijasida jami 20 174,4 ming somlik penya hisoblanib, bank daromadiga undirilmagan.Oz manfaatlarini davlat va jamiyat farovonligidan ustun qoygan bu kimsalar tegishli jazoga tortildi.Farrux SADULLAYEV,Samarqand viloyatprokuraturasi noziri

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0