Ozbekistonlik ota 14 yil oldin yoqolgan oglini Qozogistondan topdi

Qozogistonning Turkiston viloyati Ordabasi tumani politsiyachilari dokonda ogirlik sodir etganlikda gumonlanayotgan Ozbekiston fuqarosini qolga oldi, deb xabar qiladi Sputnik. Foto: SputnikSurishtiruv davomida erkak qoshni mamlakatdan ekanligi va u 14 yildan buyon Qozogistonda yashab kelayotgani va yaqinlari tomonidan qidirilayotgani malum boldi.Yigit osmirlik chogida ota uyidan chiqib ketgan, osha vaqtdan buyon yaqinlari bilan aloqada bolmagan va hech kim uni tirik korishdan umid qilmagan.Ordabasi aholi punktlaridan birida joylashgan oziq-ovqat dokonida ogirlik kechasi sodir etilgan. Jinoyatchi dokon tomini buzib ochish orqali ichkariga kirgan va umumiy hajmi 100 ming tenge (260 dollar)dan oshiq bolgan oziq-ovqat mahsulotlarini ogirlab, hodisa joyini tezda tark etgan.Ushbu jinoyatni ochish uchun mahalliy politsiyachilar bir necha kun sarflagan. Natijada esa Ozbekiston fuqarosi qolga olingan.Malum bolishicha, bunga qadar politsiya bolinmasiga mahalliy fuqarolardan biri xuddi shu erkak ustidan uni dopposlaganlikda ayblab, shikoyat qoldirgan. Qolga olingan shaxs ikkala holatda ham oz ayblarini inkor etmagan. Ammo shaxsi aniqlashtirilayotganida, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlardan faqatgina tugilganlik haqida guvohnomaga egaligi malum bolgan.Tugilganlik haqidagi guvohnomasida keltirilgan malumotlar tekshirilganida politsiyachilar kutilmaganda qolga olingan shaxs 14 yildan buyon qoshni mamlakat, Ozbekistonda bedarak yoqolgan shaxs sifatida qidiruvda ekanini bilib qolgan. Qoshni mamlakatdagi hamkasblari bilan boglangan qozogistonlik politsiyachilar erkakning qarindoshlarini topishga muvaffaq bolgan. Shu kunning ozida qarindoshlari (otasi va akasi) Turkiston viloyatiga yetib kelgan.Men uni endi tirik korishdan umidimni uzgandim, deb takidladi yigitning otasi Orif Hoshimov.Otasining sozlariga kora, ogli metrikani olib, 2005-yilda uydan qochib ketgan va osha vaqtdan buyon undan nom-nishon bolmagan. Ammo qochoq ogil va ota uchrashuvidagi xursandchilik uzoqqa chozilmadi, ayni vaqtda yigit hibsda, uning ustidan Qozogiston Jinoyat kodeksining ikkita moddasi boyicha jinoiy ish qozgatilgan. Yigit sud tomonidan belgilangan jazoni otab bolgach, oilasi bagriga qaytishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0