Ozbekiston Adliya vazirligi bogcha xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan kurslar tashkil etdi

Ozbekiston Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida huquqiy maslahat kurslarini tashkil etib kelmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bolimi Daryoga xabar berdi. Foto: Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bolimiNavbatdagi kurslar Maktabgacha talim vazirligi hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi tarkibiy bolinmalari xodimlari uchun tashkil etilgan. Foto: Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bolimiUshbu kurslardan maqsad davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, sohaga doir qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini ularga batafsil tushuntirishdan iborat. Foto: Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bolimiKurslar respublika viloyat tuman (shahar) uch pogonali prinsipi boyicha tashkil etilmoqda, yani butun respublika boylab barcha darajadagi tashkilotlarni qamrab olish maqsad qilib qoyilgan. Foto: Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bolimiShu maqsadda Adliya vazirligida maxsus ishchi guruh tashkil etilgan bolib, uning tarkibiga vazirlik mutaxassislari, Toshkent davlat yuridik universiteti va Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oqituvchilari jalb qilingan.Bu galgi kurslar ham odatdagidek 5 ta yonalish (modul) boyicha otkazilgan. Dasturga kora Konstitutsiya va inson huquqlari, mehnat qonunchiligi normalari, murojaatlar bilan ishlash, korrupsiyaga qarshi kurash hamda sohaga oid qonunchilik mavzularida tushuntirish ishlari olib borilgan.Mashgulotlar davomida faqat huquqiy malumotlar berish bilan cheklanilmagan, jumladan, xodimlarning qonun hujjatlaridan xabardorlik darajasi organilgan va tahlil qilingan. Buning uchun maxsus sorovlar va test sinovlari otkazilgan.Mashgulotlar sodda va tushunarli tilda, turli innovatsion usullardan foydalangan holda tashkil etilgan.Malumot uchun: Shu kunga qadar oquv kurslari Xalq talimi, Qurilish Mudofaa, Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirliklari, Davergeodezkadastr qomitasi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi hamda uning tarkibidagi tizimlarda muvaffaqiyatli bolib otgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0