Andijon shahrida hayvonot bogi foydalanishga topshirildi (foto)

Andijon shahrining Bogishamol dahasida Xon masuliyati cheklangan jamiyat tomonidan besh gektar maydonda bunyod etilgan hayvonot bogi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar bermoqda. Foto: Rustam EshonovUch yil mobaynida 12 milliard somdan ortiq jamiyat raisi Muxtorjon Halilovning hamda bankdan olingan kredit mablaglari hisobiga katta hajmdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Foto: Rustam EshonovSaksonga yaqin qafasga turli qitalardan keltirilgan afrika ilonlari, timsohlar, sherlar, gavaya makakalari, emu tovusi (Avstraliya), ordak va oqqushlar, shuningdek, yopiq pavilyonlarga esa qushlar hamda suv osti jonzotlari olib kelinib, parvarishlanmoqda. Hayvonot bogining yuqori qismida esa kelgan mehmonlar uchun turli korinishdagi attraksionlar, salqin ichimliklar va muzqaymoq kafesi, avtodrom, batut majmuasi, dorbozlar maydoni ham qurilgan. Foto: Rustam EshonovOchilish marosimida ishtirok etgan kam taminlangan oila farzandlari, bolalar shaharchasida tarbiyalanayotgan, jami 700 nafarga yaqin kichkintoylar hayvonot bogining birinchi mehmonlari boldi. Foto: Rustam Eshonov Foto: Rustam Eshonov Foto: Rustam Eshonov Foto: Rustam Eshonov Foto: Rustam Eshonov Foto: Rustam Eshonov Foto: Rustam EshonovEslatib otamiz, 2018-yil 30-dekabr kuni Andijon viloyatining Xojaobod tumanidagi hayvonot bogida sherlar qorovulni gajib tashlagandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0