Ozbekiston kimyo sanoatida 31 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi

Ozbekistonda kimyo sanoatida 12,1 milliard AQSh dollariga teng xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 31 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu Prezidentning Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorida kozda tutilgan. Foto: Huquqiy axborotMazkur qaror bilan quyidagilarga qaratilgan 20192030-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi maqullandi:Azotli, fosforli, kaliyli va murakkab mineral ogitlarni, shu jumladan, ushbu mahsulotlarni Navoiyazot AJ, Samarqandkimyo AJ, Fargonaazot AJ, Qoqon superfosfat zavodi AJ, Ammofos-Maksam AJ, Dehqonobod kaliy zavodi MChJ negizida, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahri va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ishlab chiqarish boyicha amaldagi quvvatlarni modernizatsiya qilish, kengaytirish hamda energiya jihatidan samarador yangi quvvatlarni barpo etish;Ozbekneftgaz AJ bilan birgalikda va yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida hamda ilgor texnologiyalar va zamonaviy innovatsion ishlanmalarni qollagan holda polimer mahsulotlari, shu jumladan, polietilentereftalat (PET), polivinilxlorid (PVX), sintetik kauchuk, polistirol, poliuretan, poliol, akrilonitril-butadiyen-stirol (ABS) plastik, poliakrilonitril (PAN) mahsulotlarini chiqarish boyicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;Tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini, ularning negizida iqtisodiyot tarmoqlarida talab etilayotgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini, shu jumladan, melamin, metilamin, formaldegidli, karbamid-formaldegidli va melamin-formaldegidli saqichlar, etilatsetat, ozuqa tuzi, natriy bikarbonati, xlor-sirka kislotasi, natriy nitrati, butilatsetat, trinatriy fosfat, nitrotsellyuloza, metallurgiya, neftgaz va toqimachilik sanoatlari uchun reagentlar, katalizatorlar va kimyoviy qoshilmalar, shuningdek, polimer fitinglar, biaksil yonaltirilgan polipropilen plyonkasi (BOPP), osimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va ularni ishlab chiqarish uchun amaldagi moddalarni chiqarish boyicha ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0