Toshkentda Markaziy Osiyoda iqlim ozgarishi muhokama etildi

3-aprel kuni Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqlim ozgarishi masalalariga bagishlangan konferensiya ish boshladi, deya xabar beradi tadbir tashkilotchilari. Foto: Avesta.tjTadbirda ikki kun davomida iqlim ozgarishi tasirlariga qarshi chora-tadbirlar muhokama qilinib, ishtirokchilar diqqati mintaqada mavjud bolgan ustuvor masalalarga qaratildi.Konferensiya ochilishida, Jahon bankining direktori vazifasini bajaruvchi Kristalina Georgiyeva xonim tadbir ishtirokchilariga video-murojaat bilan chiqdi. Bu kabi yirik yigilishlar muhim hayotiy ahamiyatga ega bolib, ular bizga Markaziy Osiyo hududi hamda dunyo miqyosida iqlim tasirini yumshatish va iqlimga moslashish muammolarini birgalikda yigilib hal qilish uchun imkon yaratadi. Markaziy Osiyo iqlim ozgarishi tasiriga uchragan hududlardan biridir. Buni biz mintaqada sodir bolayotgan muz erishi, havo xarorati kotarilishi, suv toshqinlari va kochkilar misolida korishimiz mumkin. Bu omillar esa yer holatiga, ekin hosildorligiga va suv sifatiga salbiy tasir korsatmoqda. Va bu albatta, insonlarning turmush sharoitlarini mushkullashishiga olib kelmoqda. Mana shu sababli, sizning bu sohada olib borayotgan sayi-harakatlaringiz beqiyos ahamiyatga ega, deya takidladi Kristalina xonim.Konferensiya ishida iqlim ozgarishi sohasida faoliyat yurituvchi davlat muassasalari, ilmiy doiralar, yoshlar, xalqaro va xududiy hamkorlar, koptomonlama rivojlanish banklari va jamoat tashkilotlarining 400 ga yaqin vakillari faol ishtirok etdi.Tadbirda qayd etilishicha, dunyo miqyosida havo haroratining 4C ga kotarilishi sugorish suvlariga bolgan talabning taxminan 30% ga oshishiga olib keladi. Mintaqada mavjud bolgan muzliklar maydoni XX asr boshidagi korsatkichlarga nisbatan oz hajmining uchdan bir qismiga qisqargan. Havo haroratining 2C ga kotirilishi muzliklar maydonini 50% ga, 4C gacha kotarilishi esa, 80% gacha qisqartirib yuboradi.70 milliondan ortiq aholisi bolgan Markaziy Osiyo mintaqasi avvallari ham iqlim ozgarishi muammolari bilan toqnash kelgan. Zaif ekotizimlar, tabiiy ofatlarning vujudga kelish xavfi, suv va energiya taminotidagi nomuttanosiblik, iqtisodiy rivojlanishdagi beqarorlik bizning zaif tomonlarimizning bir nechtasigina xolos, deb yakunladi oz sozini Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasining ijroiya qomitasining raisi janob Guyzgeldi Bayjanov.Muhokamalar natijalariga kora, iqlim siyosati boyicha amaliy tavsiyalarni oz ichiga olgan Harakatga chaqiruv formatidagi yakuniy hujjat qabul qilinishi kozda tutilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0