Legionerlar, jangga! APL tarixidagi eng yaxshi chet ellik hujumchilar haqida

Angliya premyer ligasi nafaqat tomoshabopligi bilan, balki ozining tinim-bilmas jangchi-futbolchilari bilan ham muxlislarni doimo oziga qaratib keladi. Quyida maydondagi eng quvnoq pozitsiyalardan biri bolgan hujum chizigida qachonlardir top surgan va ayni damda ham faoliyatini davom ettirayotgan chet ellik eng yaxshi hujumchilar haqida soz yuritiladi. Foto: Getty Images Didye Drogba Royxatning beshinchi ornidan ingliz futboli tarixida ochmas iz qoldirgan Chelsi hujumchisi Didye Drogba orin egallagan. Afrikalik futbolchi London klubiga ikki bor kelishiga togri kelgan. Ammo biz uning jamoaga bolgan birinchi tashrifi haqida eslaymiz. Axir u Tumanli Albionga birinchi safari davomida 254 ta oyin otkazib, 104 ta gol urgandi. Qayd etish joiz, Drogba oz vaqtida koplab oyinlarni 1:0, 2:0 kabi hisoblarda yutadigan Joze Mourinyo qol ostida top surgan. Biroq hech bir jihat uning APLda 54 ta golli uzatmani ham amalga oshirishiga halal bera olmagan. Drogbaning bosh bilan oynashiga esa shunchaki gap yoq edi. U bu qobiliyati bilan 17 ta gol urgandi. Uning yordamida Chelsi Angliyada4 bor chempion degan nomga musharraf boldi. Drogba esa 2 bor Oltin butsa sovrinini ham qolga kiritdi. Didye London klubi muxlislari yodida nafaqat ozining oyinlar va gollari, shuningdek, oziga xos metin xarakteri va jamoadoshlarini ruhlantira olishi bilan ham qoladigan boldi. Dennis Bergkmap Foto: GiveMeSportKopchilikning fikriga kora, Dennis ingliz futbolida revolutsiya qila olgan futbolchilardan bir edi. Britaniyaliklar qattiqqol va konservativligi bilan ajralib turgan. Ammo hammasi uchmas holland ingliz diyoriga tashrif buyurishi bilan ozgarib ketdi. U hujumchidan ham koproq pleymeykerga oxshardi. U topchilar safida 315 ta oyinda 87 ta gol urdi. Bergkamp 4 bora Angliyada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Aynan u bilan Arsenal ingliz futbolitarixidagi eng yaxshi oyinlarini namoyish etdi. Niderlandiyalik sabab Arsen Venger jamoasi Angliyada 3 bor chempionlikka ega chiqdi. U bunga nafaqat gollari, balki ozining zargarona paslari orqali amalga oshirilgan 94 ta golli uzatmasi bilan ham hissa qoshgani bilan yodda qoldi. Dennisning uzatmalari ozgacha trayektoriyaga ega bolganligi haqida jamoadoshlari ham kop bora takidlab otgan. Ozining takrorlanmas harakatlari bilan ham Dennis ushbu royxatga kirishga 100 foiz haqli. Erik Kantona Foto: The SportsmanManchester Yunaytedning mamlakatda yetakchi jamoa roliga chiqishida Qirol Erikning xizmatlari beqiyos. Bergkamp Arsenalni qanday ozgartirgan bolsa, xuddi shunday ishni Manchesterda Kantona amalga oshirdi. Uning takrolanmas oyin uslubi va shaxsi jamoadoshlarini galaba yolida ruhlantira olgan. Uning jamoa kelib qoshilishi bilan hamma narsa, hattoki mashgulotlar ham ozgaradi. Fransuz ozi ishlagan jarimalarni ozi amalga oshirardi. Uning ishga bolgan munosabati esa aka-uka Nevillar va Rayan Giggzga kattagina tasir korsatdi. Ser Aleks Fergyuson Lids yulduzini sotib olib, ingliz futboli uchun rekord qoygandi (1992-yil, 1,2 mln funt evaziga). Shu bilan birga shotlandiyalik mutaxassis katta tavakkalga ham qol urgandi. Muxlisga qilgan hujumi bois 10 oylik diskvalifikatsiyani otagan Kantona xarididan keyinchalik hech kim afsuslanmagani bor gap. Erik Yunayted safida 156 ta oyinda 70 ta gol urib qoydi. Bundan tashqari 56 ta golli uzatma ham tort ustiga olcha misoli yarashib turardi. Yunayted Kantona bilan 5 mavsum ichida 4 karra mamlakatchempionligini qolga kiritdi. Va haqli tarzda ushbu royxatdan orin oldi. Serxio Aguero Foto: TwitterUshbu royxatdagi boshqa oyinchilar kabi Serxio Aguero ham oz jamoasi Manchester Sitini yetarlicha kuchaytira oldi. Aguero nafaqat individual jihatdan kuchli, balki Kantona singari jamoadoshlarini ruhlantira olish qobiliyatiga ham egaligi bilan ajralib turardi. U jamoaning yangi darajaga chiqishida katta xizmat qilib kelmoqda. Hozir esa hech bir mubolagasiz Agueroni liga tarixidagi eng yaxshi Janubiy amerikalik deb atasa boladi. Xavfli hujumchi, aqlli yetakchi va iqtidorli yakunlovchi bularning barchasi Agueroga berilgan tariflar. Serxio Sitida istalgan murabbiy bilan tez til topishib keta oldi. Hozir ham Pep Gvardiola qol ostida ajoyib oyin va sermahsullik namoyish etmoqda. Statistika esa sozlarimizga yaqqol isbot: 232 ta oyin, 161 ta gol. Aguero 2015-yilda Oltin butsani yutisha erishdi. Uch marta esa Angliyachempionligini qolga kiritdi. Argentinalik nafaqat gollar urib, balki 41 ta golli uzatmasi bilan ham sheriklariga katta yordam berishda davom etmoqda. Manchester Siti tarixidagi eng muhim gollardan birini (agar eng muhimi bolmasa) ham Serxio Aguero urgandi. U 2011/12-yilgi mavsumning songgi oyinining oxirgi daqiqalarida chempionlik golini urib, jamoa muxlislariga olam-olam zavq ulashgandi. Tyerri Anri Foto: The SunAngliya premyer ligasi haqida gapirar ekanmiz, darhol Anri haqida oylab qolamiz. Buyuk hujumchi, har qaysi qanotda oynasa ham foydali edi. Anri maydondagi haqiqiy sanat asari. Uni korganda, hatto futbolni unchalik tushunmaydigan inson ham koz oldida buyuk atlet turganligini anglashi qiyin bolmasdi. Tyerri nafaqat ajoyib texnika, balki sermahsulligi bilan ham musobaqa tarixidagi eng yaxshi legioner hujumchi nomiga munosibligini isbotlagan. 258 ta oyinda 175 ta gol. 2002 va 2004-yilda qolga kiritilgan ikkita chempionlik unvoni, 4 ta Oltin butsa hamda 2 bor mavsumning eng yaxshi oyinchisi sovrinlari Anrining qay darajada oyin korsatganligiga yaqqol dalil. Fransuz gol urishdan tashqari yaxshigina assistant ham edi. Uning hisobida74 ta golli uzatma ham borligi ham fakt. Oz davrining eng yaxshi hujumchilaridan biri sozsiz Arsenal va ingliz futbolida munosib iz qoldira oldi.Sportskeedadan Asror Abdunazarov tarjimasiYanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0