Qashqadaryodagi maktabga mahalla idorasi kochib otmagan. Biroq oquvchilar qandolatchilikni kutubxonada organmoqda

Daryoning Telegramdagi manziliga Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida joylashgan 32-umumtalim maktabiga, yangi tashkil etilayotgan mahalla fuqarolar yigini ham kochib kelgani xususidagi etiroz kelib tushdi. Murojaat muallifi sinfxonalar kichik va talabga javob bermasligi yetmaganidek, mahalla uchun ham xona ajratib berilishi dard ustiga chipqon bolganini bildirgan. Foto: DaryoHolatni joyida organish maqsadida Daryo muxbiri Nishon tumanining Balxiyak qishlogida boldi. Balxiyak MFYda yashovchi aholi soni 10 ming nafar kishidan ortib ketgani bois ham Katta anhor mahallasi tashkil etilishi uchun harakat boshlanganidan xabarim bor, deydi maktab direktorining manaviy-marifiy ishlar boyicha orinbosari Sherzod Qochqorov. Bu xususida topshiriq berishganda tuman hokimi orinbosarlari MFY idorasi aynan maktabga yaqin bolishi kerakligi haqida ham aytishgan. Ammo maktabimiz sinfxonalari yetishmasligi bois bino maktabdan berilishi nazarda tutilmagan. Faqat yangi tashkil etilayotgan mahalla uchun yangi bino qurilguniga qadar MFY raisining hujjatlariga maktab direktori xonasidan joy ajratilishi lozimligi aytilgan. Buni murojaatchi notogri tushunib, raisga maktab binosidan joy beriladi degan-da. 32-maktab binosi.Foto: Daryo Yangi tashkil etilayotgan MFYga maktabdan joy berishardi, deydi ushbu maktab oqituvchisi Shuhrat Murodov. Bu xususida shov-shuv bolganidan keyin jim bolib qolishdi. Va kochib otish fikridan ham qaytishdi. Biz jim turganimizda allaqachon xonalarni olib qoyishardi.Shuhrat Murodovning malumot berishicha, yangi tashkil etilayotgan MFYga saylovga qadar rais etib belgilangan Ahmad Aqanov maktabga kelib direktorning xonasiga joylashmoqchi ham bolgan. Direktorga xonani boshatishi lozimligini aytib, hujjatlarini olib chiqib ketishini soragan. Ammo maktab oqituvchilarining etirozi sabab bu masala ortga surilgan.Murojaatni organish uchun maktabga borganimizda direktor orinbosari Sherzod Qochqorov maktab rahbari xonasini korsatib, yangi MFY raisining hujjatlari saqlanishi lozim bolgan xona shu ekanligini aytdi. Mahallaga berilgani aytilayotgan xona.Foto: DaryoShuhrat Murodov esa mutasaddilar aynan osha xonani MFYga ajratib beramiz deya xulosa qilishganini, ammo maktab oqituvchilarining etirozi sabab bu ish toxtab turganini bildirdi.Daryo muxbiri bilan suhbatda bolgan boshqa oqituvchilar maktabdan mahalla uchun xona ajratish togrisida gap bolganini, ammo hech qanday xona ajratilmaganligi haqida aytishdi.Sherzod Qochqorovning malumot berishicha, ushbu maktab 1994-yil boshlangich sinflar uchun 120 orinli qilib qurilgan. Maktab moslashtirilgan binoda joylashgan bolsa-da, hozirda 187 nafar oquvchini bagriga sigdirgan. Odatda sinfxonada har bir oquvchiga 2,20 metr/kv joy togri kelishi kerak, deydi maktab direktorining xojalik ishlar boyicha orinbosari Abdumamat Omonov. Ammo bizning sinfxonalarimiz bu talabga javob bermaydi. Eng katta sinfxonamizda 1722 nafar oquvchi oqiydi. Oquvchilarimiz tor va noqulay xonada otirishga majbur bolyapti. Abdumamat Omonov.Foto: DaryoDirektor orinbosari Sherzod Qochqorovning aytishicha, kelasi oquv yilidan boshlab 1-sinfga 29 nafar oquvchi qabul qilinishi kozda tutilgan. Biroq sinfxonalarimizda hozirgi kunda 1722 nafar oquvchi zorga sigyapti, kelasi oquv yilida qanday qilib 29 nafar oquvchini oqitamiz, deydi Sherzod Qochqorov. Hech qaysi sinfxonamizga 29 nafar bola sigmaydi-ku. Foto: DaryoZavxozning malum qilishicha, ayni kunda maktabdagi eng katta sinfxona hajmi 34,5 metr/kvadratni tashkil qiladi. Eng katta sinfxonamizda ham oquvchilarimiz uchun 1,31,5 metr/kv masofa togri kelmoqda, deydi Abdumamat Omonov. Bazi bir sinfxonalarimizda esa oquvchilar uchun moljal qilingan masofa 1 metr/kvadtatga ham yetmaydi. Foto: DaryoMutasaddilarning gapi qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini bilish maqsadida oquv xonalarida ham boldik. Kuzatuvlarimizga kora, 1517 nafar oquvchi tahsil oluvchi sinfxonalar juda tor va oquvchining doskaga chiqishi uchun ota noqulay. Eng yomoni sinf partalarida oquvchilar 3 kishidan ham otirishgan. Bu ham yetmaganidek agar oquvchilar toliq darsga kelsa, hatto sinfxona eshigi yonida ham parta qoyilib, oquvchi otirishiga togri kelmoqda. Bu ham mayli dersiz. Lekin eng dahshati shuki, oquvchilar tahsil olayotgan sinfxonada 5 daqiqa turib, havo yetmay qolayotganini payqadik. Yaxshiyam bazi bir sinfdoshlarimiz darsga kelishmagan, agar ular ham darsga kelishganda 3 kishilab otirgan bolardik, deydi oquvchilardan biri Marjona Hotamova. Doskaga chiqishda ham juda qiynalamiz. Otish noqulay. Yonimizdagi sinfdoshimizni bezovta qilamiz. Marjona Hotamova.Foto: DaryoOquvchilarning aytishicha, bazi sinfxonalarda oquvchilar hatto 4 kishi bolib ham otirishadi.Maktabda bolgan kunimiz (2019-yil 30-mart) oqituvchilar Polat Toqsonov va Nurxon Xudoyberdiyevlar ishga kelmagani bois ham 5- va 6-sinf oquvchilariga otilishi lozim bolgan darslar otilmay qolayotgani, oquvchilar dars paytida bosh otirganiga ham guvoh boldik.Holat haqida izoh olish uchun osha kuni na maktab direktorini, na uning oquv ishlari boyicha orinbosari Xolmomin Amonovni topa oldik. Direktor Mahmatmurod Boboyorovga qongiroq qilib, holat haqida soraganimizda direktor darsini otmagan oqituvchilarga chora korishini bildirdi. Darsini otmagan oqituvchilarga chora korildimi yoki yoqmi bunisi hozircha bizga qorongi.Osha kungi surishtiruvlarimiz davomida aniqlanishicha, maktabning 10- va 11-sinf oquvchilari uchun haftada bir kun otilishi lozim bolgan oquv amaliyot darslari ham maktabning ozida otilmoqda. Eng qizigi, qandolatchilik yonalishi boyicha tahsil oluvchi 11-sinf qizlari xona yetishmagani bois ham maktab kutubxonasida ovqat pishirish mashqlarini olish borishadi. Oquv amaliyot darslari 25-maktabda otilardi, deydi maktab masuli Sherzod Qochqorov. Ammo ota-onalarga farzandlarining yol puli sarflab, 25-maktabga qatnashi malol keldi. Yolkira berishga qiynalishdi. Shuning uchun ham har ikkala maktab rahbarlari kelishuviga kora, ozimizning maktabda otayapmiz. Oqituvchilarning ozlari gaz plitasi kabi oquv anjomlarini olib kelib dars otishadi. Sherzod Qochqorov.Foto: DaryoDirektor Mahmatmurod Boboyorovdan oquv amaliyot dasrlari maktabda sharoit bolmasa-da, shu yerda otilishiga kelishuvdan tuman xalq talimining oquv amaliyot jarayonlariga masul kishisining xabari bor yoki yoqligi bilan qiziqdik. Direktor esa 25-maktab direktori ruxsat olgan bolsa kerak, biz ruxsat soramadik, dedi.25-maktab direktori Sanjarmalik Xudoynazarovni topish uchun qilgan harakatlarimiz zoye ketdi. Topolmadik. Oylaymizki, ochiq qolayotgan savollarimizga nafaqat 25- va 32- maktab direktorlari, balki ushbu masalaga masul mutasaddilar ham javob berishadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0