Ivanka Tramp Afrikaga ayollarga yordam berish maqsadida boradi

AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp aprel oyida “Rivojlanish va farovonlik yo‘lida ayollarning global tashabbus” doirasida  Afrika mamlakatlari bo‘ylab safar qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi. Foto: “RIA Novosti”Xabarda aytilishicha, Ivanka Tramp to‘rt kun davomida Efiopiya va Kot-d’Ivuarga tashrif buyurib, u yerdagi tadbirkor ayollar, shuningdek, siyosat va jamoat aboblari bilan uchrashadi.Ivanka Trampga AQSh Xalqaro tarqqiyot agentiligi direktori Mark Grin, Chet el xususiy investitsiyalari korporatsiyasining raisi (OPIC) vazifasini bajaruvchi Devid Boyjien va Jahon banki rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Kristalina Georgiyeva hamrohlik qiladi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0