Qozogistonda erkak ozini oilaviy marosim vaqtida yoqib yubordi

Qozogistonning Pavlodarsk viloyatining Aksu shahrida erkak ozini yoqib yuborib, halok boldi, yana 13 kishi tan jarohati oldi, deya xabar beradiTengrinews. Foto: Google ImagesJabrlanganlarning tort nafari jonlantirish bolimida, yana besh nafar bola va tortta katta yoshdagifuqaro is gazidan zaharlanish bilan kasalxonaga yotqizilgan.3-aprel kuni soat 20:51 da Aksu shahridagi Momishuli kochasida uy yonib ketganligi haqida malumot kelib tushgan. Guvohlarning aytishicha, marhumning xotini tugilgan kunini nishonlayotgan bolgan. Mehmonlar dasturxon atrofiga yigilganida, 50 yoshli uy egasi besh litrli benzin toldirilgan kanistr bilan kelib, bolalarni olib chiqishni soragan. Turmush ortogi talabni bajarganidan song, yigit gugurt olib ozini yoqib yuborgan, deydi viloyat tez tibbiy yordam stansiyasi vakili. Uni toxtatishga harakat qilgan dostlari kuyish jarohati bilan Aksu Markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.Yongin maydoni 30 kvadrat metrni tashkil qildi. Uch xonali uyda oshxona, mebel, maishiy texnika va buyumlar butunlay yonib ketgan. Qisman uy tomi qulab tushgan.Politsiya matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan Qozogiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Joniga qasd qilishga olib kelish) boyicha ish ochilgan. Bir qator tekshiruvlar tayinlangan. Politsiya avval ham er-xotin ortasida ziddiyatlar yuzaga kelgani haqida xabar bergan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0