Fargonalik 5 farzandli ayolga viloyat IIB boshligi komagida 3 xonali uy qurib berildi

Fargona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligi tomonidan Dangara tumanida otkazilgan sayyor qabulda qatnashgan 5 farzandli ayolga 3 xonali uy qurib berildi. Bu haqda Daryoga viloyat IIB matbuot xizmati malum qildi. Foto: Fargona viloyati IIBDangara tumanining Tangriqul qishlogida yashovchi bu oilaning boquvchisi Shavkat Akbarov 3 yil avval ishlash uchun Rossiyaga ketib, tayinli pul jonatmagan. Natijada, shundoq ham amal-taqal qilib yashayotgan oila ogir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan. Qanoat Akbarova 5 nafar farzandi bilan qurilishi tugallanmagan bir xona uyda yashab kelgan.Qanoat Akbarova qiyin vaziyatdan chiqib ketish chorasini izlab, fevral oyida viloyat IIB boshligi rahbarligida otkazilgan sayyor qabulda ishtirok etgan. Otgan qisqa muddat ichida ayolning xonadonida qurilish ishlari olib borildi. 100 million som mablag evaziga 3 ta yangi xona va ayvon qurildi, uy atrofi devor bilan oralib, darvoza ornatildi. Homiylar tomonidan xonalar jihozlandi. Foto: Fargona viloyati IIBFargona viloyatida 3-sektor rahbari tomonidan joriy yilda otkazilgan sayyor qabullarda fuqarolarning 400 dan ziyod muammolari oz yechimini topdi. Nogironligi bor fuqarolarning 20 nafariga maxsus aravachalar olib berildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0