Marokashda yuk mashinasi va avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
Yirik favqulodda hodisa mamlakatning Atlantika sohilidagi qishloqda sodir bo‘ldi, deya xabar beradi “Liga Novosti”. Foto: Liga.net3-aprel kuni Marokash shimolida yuk mashinasi yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashib, kamida 14 kishi halok bo‘lib, 30 kishi jabrlangan.Avtobusda qishloq xo‘jaligi ishchilari bo‘lgan. YTH Atlantika sohilidagi Mulay-Buselam qishlog‘i atrofida sodir bo‘lgan.Marokash qiroli Muhammad VI, voqea qurbonlarining dafn marosimi xarajatlarini shaxsan o‘zi qoplab berishini ma’lum qilgan. Yaradorlarni harbiy shifoxonaga joylashtirish buyurilgan.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz