Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib 5G tarmog‘iga o‘tdi

5-aprel kuni Janubiy Koreyada SK Telecom kompaniyasi tomonidan dunyodagi birinchi bo‘lib 5G mobil tarmog‘i ishga tushiriladi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Foto: ReutersJanubiy Koreya bu borada AQSh, Xitoy va Yaponiyani ortda qoldirdi. Chunki bu mamkakatlarda loyiha pilot rejimida ishga tushilrgan xolos.SK Telecom — Janubiy Koreyadagi eng yirik mobil aloqa operatori bo‘lib, uning mijozlari soni taxminan 27 million foydalanuvchidan iborat. SK Telecom’ning umid qilishicha, 2019-yil ohiriga kelib kompaniyaning bir million foydalanuvchilari 5G tarmoqdan foydalanishga o‘tadi.Hozirning o‘zida Janubiy Koreyada 5G tarmog'ini qo'llab-quvvatlovchi 34 mingta aloqa stantsiyalari mavjud bo‘lib, ular mamlakatning aholi eng ko‘p joylashgan 85 ta shaharlarini internet bilan ta’minlaydi. Ushbu formatda ma’lumotlar uzatish tezligi 2,4 Gb/soniyani  tashkil etadi.Biroq yangi xizmatdan hozircha faqat Samsung Galaxy S10 smartfoni egalari foydalana oladi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0