Qarshida 1-sinf oquvchisini urib yuborgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi. Yordam korsatilmagan oquvchi esa vafot etdi

2-aprel kuni soat 12:30 larda Qarshi shahridagi Islom Karimov kochasidan Qarshi choyxonasi tomon harakatlanib ketayotgan Nexia ushbu hududda joylashgan 21-umumtalim maktabining 1-sinf oquvchisini urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Daryoga Yol harakati xavfsizligi Qarshi shahar bolimi boshligi Ahror Usmonov malum qilmoqda. YTH yuz bergan yol.Foto: Yol harakati xavfsizligi Qarshi shahar bolimiAhror Usmonovga kora, haydovchi hududdagi yuqori tezlikni cheklovchi yol belgisiga rioya qilmasdan katta tezlikda harakatlanib kelib, piyodalar yolakchasidan otayotgan 2011-yilda tugilgan oquvchi Y.I. ni urib yuborgan va jabrlanuvchiga birinchi yordamni korsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda jabrlanuvchi Y.I. voqea joyida vafot etgan.Voqeadan xabardor qilingan Yol patrul xizmati xodimlari say-harakati bilan haydovchi, Qarshi shahri Shayxali shaharchasi Muborak kochasida yashovchi 1997-yilda tugilgan J.S. otasiga tegishli oq rangli Nexiada shahar hududida qolga olingan. Holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari boshlangan. Yol inspektorlari tomonidan hodisa sabablarini organish jarayoni.Foto: DaryoMalumot ornida, Jinoyat kodeksining 266-moddasiga kora, Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam olimi kuzatilsa, haydovchi muayyan huquqdan mahrum qilinib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.Mavzuga doir:Navoiyda mast holda odam urib yuborib, qochib ketgan haydovchi bir necha soat ichida qolga olindi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0