Fargona viloyati prokuroridan maktab oquvchilari uchun katta yoldan otish joyini tashkil etish soraldi

Fargona viloyati 2-sektor rahbari, viloyat prokurori S.Turdiyev tomonidan Buvayda tumanida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda koplab masalalar ijobiy yechimini topdi, deya xabar beradi OzA. Foto: OzAYuzma-yuz muloqotda aholi tomonidan ishga joylashtirish, sogliqni saqlash, tadbirkorlik, bankdan kredit olish, uy-joy, ichimlik suvi bilan taminlash, tadbirkorlikni qollab-quvvatlash hamda kommunal soha bilan bogliq masalalar ortaga tashlandi.Yangiqorgon qishlogida yashovchi A.Rizayev tadbirkorlik huquqlarini himoya qilish, Oqtom qishlogida yashovchi I.Ahmedov davolatish va nogironlik belgilash, Shortepa qishlogida yashovchi E.Rahmatullayev xususiy maktabgacha talim muassasasi faoliyatini tashkil etish, Bandikushod qishlogida yashovchi R.Usmonova fuqarolik sudining qaroridan norozi ekani, Ariqboyi qishlogida yashovchi U.Sotvoliyev nogironlik aravachasi bilan taminlash, Anhor qishlogida yashovchi O.Tojiboyeva ishga joylashtirish, Beglar qishlogida yashovchi Sh.Madiyeva mahalla koprigini tamirlash, Urganji qishlogida yashovchi Sh.Ahmedov maktab oquvchilari uchun katta yoldan otish joyi tashkil etishda yordam soragan.Sayyor qabulda shu kabi koplab murojaatlar korib chiqilib, aksariyati joyida hal qilindi. Yechimi malum vaqt talab etiladigan murojaatlar boyicha tegishli tashkilotlarga korsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.Sektorlar rahbarlarining sayyor uchrashuvlari chekka qishloqlarda yashayotgan aholi muammolarining ham samarali yechim topishida muhim ahamiyat kasb etayotgani bilan birga, xalqning davlatga bolgan ishonchini yanada oshirmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0