Angordagi sayyor qabulda 40 foiz murojaat joyida hal etildi

“Xalq bilan muloqot” guruhi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari A. Usmonov Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi 9-bolalar musiqa va san’at maktabidasayyor qabul o‘tkazdi. Foto: “Xalq bilan muloqot”Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida joylashgan musiqa maktabida Termiz, Angor, Muzrabot tumanlari hamda Termiz shahridan kelgan fuqarolar qabuli o‘tkazilgan.Olti soat davom etgan sayyor qabulda viloyat va tumanlardagi barcha sektor rahbarlari tumanlar va shahar hokimligi vakillari, boshqarmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat tashkiloti vakillari, OAV xodimlari ishtirok etdi.Qabul davomida 218 nafar fuqarodan 281 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 41 foizi shu yerning o‘zida hal etildi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0