Tanzila Norboyeva Bryusselda Yevropa parlamenti stipendiyasining ilk ozbekistonlik sohibi bilan uchrashdi

2019-yilning 2-aprel kuni Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari Tanzila Norboyeva Ozbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasida Andrey Saxarov nomidagi Yevropa parlamenti stipendiyasi sohibi Irina Matviyenko bilan uchrashdi, deya xabar beradiTashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati. Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.Andrey Saxarov nomidagi stipendiyaga butun dunyodan nomzodlardan faqat 14 nafari Yevropa Ittifoqi azosi bolmagan mamlakatlardan inson huquqlari himoyachilariga ikki hafta davomida Bryussel hamda Venetsiyadagi Yevropa Inson huquqlari va demokratlashtirish boyicha universitetlararo markaziga intensiv mashgulotlar otash imkoniyati beriladi.Zoravonlikka qarshi kurash boyicha mustaqil axborot loyihasi asoschisi Irina Matviyenko Ozbekistondan ilk bor Andrey Saxarov nomidagi stipendiya sovrindori boldi. Loyiha zoravonlik qurbonlari haqida anonim hikoyalar chop etadi hamda zoravonlikni oldini olish boyicha targibot ishlarini olib boradi.Suhbat chogida Bosh vazir orinbosari hamda Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi raisi Tanzila Norboyeva Irina Matviyenkoning stipendiya dasturida qatnashishini maqullab, zoravonlikka qarshi kurash, inson huquqlarini himoya qilish va inson manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarining muhim ahamiyat kasb etishini takidladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0