Bosh prokuratura Ilhom teatri asoschisi Mark Vaylning qotilini vaqtincha Tojikistonga topshirdi

Ozbekiston Bosh prokuraturasi Tojikiston Bosh prokuraturasi sorovi boyicha mahkum Yoqub Gafurovni (Tojikiston fuqarosi, 1973-yilda tugilgan) qoshni davlat vakolatli organlari qoliga topshirdi. Bu haqda Ozbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Gazeta.uz malum qildi. Mark Vayl.Foto: Podrobno.uz19-yanvar kuni Ozbekiston Bosh prokuraturasi tojik tomonining sorovini qanoatlantirdi va 12-fevral kuni mahkum Yoqub Gofurovni tegishli qonun va xalqaro hujjatlar talablari asosida Tojikistonning uni keyinchalik jazoni davom ettirishi uchun Ozbekistonga qaytarish togrisidagi kafolati ostida qoshni davlat vakolatli organlariga vaqtinchalikka topshirdi.Yoqub Gafurov 1999-yilda Tojikiston hududida qoshni davlat Jinoyat kodeksining qator moddalarida korsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida Tojikistonga vaqtinchalik topshirildi.2010-yil 17-fevral kuni jinoyat ishlari boyicha Toshkent shahar sudi Yoqub Gafurovni Ozbekiston hududida bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topib, 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan edi. Jumladan, Yoqub Gafurov sheriklari Alisher Sattorov va Qahramon Polatov bilan Ilhom teatri asoschisi Mark Vaylning olimida aybdor deb topilgan.Mark Vayl 2007-yil 6-sentabrda oldirilgandi. Unga uyining podezdida hujum qilingan. Ogir tan jarohatlarini olgan 55 yoshli Mark Vayl shifoxonada vafot etgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0