Shimoliy Makedoniyada yengil motorli samolyot qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Shimoliy Makedoniyadagi “Chesna” yengil motorli samolyotining halokatga uchrashi oqibatida to‘rt oila a’zosi, jumladan ikki nafar bola halok bo‘lgan, deya xabar beradi “Interfaks”. Foto: YandexMamlakat Ichki ishlar vazirligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2-aprel kuni tunda samolyot yomon ob-havo sharoitlari tufayli tog‘da halokatga uchragan. Samolyot bortida bolgariyalik oila bo‘lgan. Samolyot qutqaruv ishlari tongda boshlangan.Bolgariya tashqi ishlar vazirligi samolyot Sofiyaga parvoz qilayotganligini aniqlagan.Hozircha jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz