Toshkentda Iqtisodiyot universitetiga ikkinchi mutaxassislik boyicha oqishga kiritib qoyish uchun 15 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Yashnobod tuman bolimi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir otkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati malum qildi. Foto: Abiturient.uzTadbir davomida Agrokimyo stansiyasi Toshkent filiali MChJ direktori vazifasini bajaruvchi M.B. fuqaro S.O.ni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mazkur universitetning ikkinchi mutaxassislik yonalishi boyicha oqishga kiritib qoyish evaziga 15.000 AQSh dollarini firibgarlik yoli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Mazkur holat yuzasidan M.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari otkazilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0