Ozbekiston kimyo sanoati korxonalaridagi davlat ulushi sotiladi

Ozbekistonda kimyo sanoatiga taalluqli xojalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat va Ozkimyosanoat AJ ulushlari belgilagan tartibda sotiladi. Bu Prezidentning Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorida kozda tutilgan. Foto: OzAMazkur ulushlar quyidagi tartibda sotiladi:a) investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan potensial investorlar bilan togridan-togri muzokaralar olib borish yoli bilan:Samarqandkimyo AJ ustav kapitalidagi 60,35 foiz davlat aksiyalari va Ozkimyosanoat AJning 39,65 foiz aksiyalarini ekologik jihatdan zararsiz zamonaviy kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish sharti bilan nol xarid qiymatida;Qongirot soda zavodi MChJ ustav fondidagi Ozkimyosanoat AJning 51 foiz ulushini korxonaning ishlab chiqarish quvvatini yiliga 200 ming tonnadan 450 ming tonnagacha oshirish va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun investitsiyalarni jalb qilish sharti bilan bozor qiymatida;Qoqon superfosfat zavodi AJ ustav kapitalidagi 70,54 foiz davlat aksiyalari va Ozkimyosanoat AJning 25 foiz aksiyalari Indorama (Singapur) kompaniyasiga superfosfat ishlab chiqarish quvvatini 100 foiz sof holda 63ming tonnaga yetkazish va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish boyicha investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan 4,3 million AQSh dollari miqdorida sotib olish qiymatida;b) Fargonaazot AJ ustav kapitalidagi 48,05 foiz davlat aksiyalari va Ozkimyosanoat AJning 2,95 foiz aksiyalarini investor tomonidan ammiak ishlab chiqarish quvvatini yiliga 660 ming tonnaga, karbamidni 600 ming tonnaga, ammiakli selitrani 700 ming tonnaga va azot kislotasini 530 ming tonnaga yetkazish boyicha investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan tanlov savdolarida bozor qiymatida;v) "Elektrkimyozavod" QK AJ ustav kapitalidagi Ozkimyosanoat AJning 26,14 foiz aksiyalarini ochiq savdolarda bozor qiymatida;g) Jizzax plastmassa AJ ustav kapitalidagi 25 foizgachaaksiyalar dastlabki bosqichda birlamchi ommaviy taklifni (IPO) otkazish asosida;d) quyidagilar orqali:Dehqonobod kaliy zavodi MChJni aksiyadorlik jamiyatiga ozgartirish hamda jamiyatning ustav kapitalidagi 51 foiz va undan ortiq aksiyalarni potensial investorlar mavjud bolganda va ular tomonidan granulalangan xlorli kaliy, kaliy sulfati va kaliy tuzlarining boshqa turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yuk tashuvchi osma yol va tashqi elektr taminoti liniyalari qurilishini yakunlash boyicha investitsiya, shuningdek, ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan ularni togridan-togri muzokaralar otkazish orqali sotish imkoniyatini nazarda tutgan holda tanlov savdolarda bozor qiymatida;Birinchi rezinotexnika zavodi MChJni aksiyadorlik jamiyatiga ozgartirish va jamiyatning ustav kapitalining 51 foizigacha bolgan miqdorda qoshimcha chiqarilgan aksiyalarini potensial investorlar mavjud bolganda va tushgan mablaglarni jamiyat investitsiya loyihalarini amalga oshirishga hamda jalb etilgan kreditlarni sondirishga yonaltirgan holda ularni togridan-togri muzokaralar otkazish orqali realizatsiya qilish imkoniyatini nazarda tutgan holda ochiq savdolarda bozor qiymatida sotish.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0