Orolboyi uchun BMTning Inson xavfsizligi boyicha loyiha jamgarmasi takliflarni qabul qila boshladi

Orolboyi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi boyicha kopsheriklik trast jamgarmasi (IXKTJ) loyiha takliflarini qabul qilishni boshlandi. Bu haqda Daryoga Ozbekistondagi BMT vakilligi matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Ozbekistondagi BMT vakilligi matbuot xizmatiIXKTJboshqaruv kengashining 2019-yil 24-yanvardagi qaroriga muvofiq, IXKTJning dasturiy strategiyasining quyidagi uchta yonalishi loyiha takliflarini dastlabki qabul qilish uchun ustuvor yonalishlar sifatida tanlab olindi: Ekologik xavfsizlikni taminlash (shu jumladan, ormonlashtirish); Sogliqni saqlash sohasida xavfsizlikni taminlash; Ijtimoiy xavfsizlikni taminlash (shu jumladan, asosiy kommunal xizmatlardan, ijtimoiy himoya, suv taminoti, sanitariya va talim sohalaridan foydalana olish imkoniyatini yaxshilash). BMTning jamgarma faoliyatida ishtirok etuvchi tashkilotlari (BMTTD, UNFPA, UNICF, UNSCO, BMT NJQKB) loyiha takliflarini taqdim etish huquqiga ega. Milliy va xalqaro hamkor tashkilotlar (masalan, davlat idoralari, mahalliy hokimlik organlari, xalqaro va mahalliy NNT, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqalar) tomonidan loyiha takliflari BMT tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilishi va taqdim etilishi mumkin.Takliflar 2019-yilning 29-mart kunidan 2019-yilning 29-aprel kunigacha (Toshkent vaqti bilan 18:00gacha) qabul qilinadi.Arizaning toldirilgan shakllari IXKTJning Texnik kotibiyati nomiga quyidagi elektron manzilga yuborilishi lozim (zarif.jumaev@one.un.org).Loyiha taklifi andozasini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin (Loyiha taklifini tayyorlash boyicha qollanma va byudjet shakli). Budget template and Guidelince.Malumot uchun, 2018-yilning 27-noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida Orolboyi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi boyicha kopsheriklik trast jamgarmasining taqdimoti otkazilgan va rasmiy ravishda faoliyati boshlangan. IXKTJ inson xavfsizligi konsepsiyasiga asoslangan majmuaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va donorlar hamjamiyati resurslarini safarbar etishning yagona noyob platformasi boladi hamda hukumatning Orol fojiasini hal qilish boyicha Orolboyi mintaqasida olib borayotgan say harakatlarini toldiradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0