Toshkentda tilanchilik qilgani uchun ushlangan ayolga nisbatan jinoyat ishi qozgatilmaydigan boldi

Toshkentning Yunusobod tumanida tilanchilik qilgani uchun ushlangan ayolga nisbatan jinoyat ishi qozgatilmaydigan boldi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda. Foto: SputnikMehr-muruvvat va insoniylik tamoyilidan kelib chiqib, shuningdek, Motabar Yu.ning yoshini inobatga olib, Yunusobod tuman IIB tergov bolimi tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qozgatishni rad etish togrisida qaror qabul qilindi.Qayd etilishicha, ayol yanvar oyida xuddi shu qoidabuzarlik uchun mamuriy javobgarlikka tortilgan va eng kam oylik ish haqining yarim barobari miqdorida jarima solingandi. Ammo u 1-aprel kuni Bodomzor kochasidagi masjid yaqinida tilanchilik qilayotganida yana ushlangan.Motabar Yu.ning eri va 4 nafar voyaga yetgan farzandi bolib, barchasi ishli va uning taminotini uddalashga qodir. Tilanchilikni oziga xos xobbiga aylantirgan ayol va uning yaqinlari bilan jiddiy profilaktik suhbat otkazildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0